So’nggi yangiliklar

20:09Рио-де-Жанейродаги UFC турнирининг асосий жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 17:55Гринвуд "Ал Насср"га ўтишга розилик берди 0 17:34Царукян: "Топурия менга ютқазишини сезмоқда, камарни топшириб қўйгани яхшироқ" 0 17:13Разамбек Жамалов Баҳодир Жалолов билан ҳордиқ чиқармоқда (ВИДЕО) 0 16:52Антидопинг агентлиги Лазизбек Мулложоновнинг вазияти бўйича маълумот берди 0 16:31Суперлига. "Насаф", "Динамо", "Бунёдкор" ва "Нефтчи" меҳмонда ютқазмаяпти 0 16:11Дю Плесси: "Чимаев зўр курашчи, лекин бу ММА" 0 15:50Терма жамоамиз дзюдочилари машғулотларда кучга ишлашяпти (ФОТО) 0 15:29Имавов нима учун дю Плесси — Чимаев жанги учун захира жангчи бўлишдан бош тортганини айтди 0 15:08"Буларнинг барчаси миш-миш" - Игорь Сергеев МТЖга хорижлик мураббий келиши мумкинлиги ҳақида 0 14:47"Ислам Махачев жуда қийин вазиятда" - Соннен 0 14:26Милан ва Кортина д'Ампеццо-2026 қишки Олимпия ўйинлари бошланишига 6 ойдан камроқ вақт қолди 0 14:05Жалоловнинг Усик билан жанги қачон бўлиши мумкинлиги айтилди 1 13:44U-17 аёллар Осиё Кубоги саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон рақибларини билиб олди 0 13:23Хотамбек Бойназаров: "Хамзатнинг ўзи сени UFC'га ўтказаман, деди" 0

05 apr 19:15
Yangiliklar

Boks/MMA

Rossiya MMA ittifoqi Fyodor Emelyanenkoning ketishiga munosabat bildirdi

Teglar :  Fedor Emelyanenko
Rossiya MMA ittifoqi prezidenti Radmir Gabdullin Fyodor Emelyanenko sport federaciyasi rahbariyatining harakatlari va siyosatiga rozi bo'lmagani uchun uni tark etgani haqidagi malumotga izoh berdi.

"Fyodor Emelyanenkoning Rossiya MMA ittifoqi kuzatuv kengashidan ketishi biz uchun yo'qotish bo'ldi. U tashkilotimiz rahbari lavozimidan ketganidan so'ng keyingi to'rt yil davomida bu lavozimni egallab kelayotgan edi. Fyodor Rossiya sporti uchun qiyin davrda, sportchilarimiz xalqaro musobaqalardan chetlashtirilgan va barchamiz o'zaro yordam va birlikka muhtoj bo'lgan davrda Rossiya MMA ittifoqini tark etishga qaror qildi.

SHunga qaramasdan, men Fyodorning qarorini hurmat qilaman. U Rossiya MMAsi rivoji uchun katta hissa qo'shdi. U sportimiz timsoli va sport yo'lini endi boshlayotgan ko'plab yigit-qizlarga yo'l-yo'riq ko'rsatuvchi shaxs. Fyodor men uchun — kumirim, buyuk sportchi, haqiqiy afsona, u doim yoningizda bo'ladigan o'rtoq — hozir ham u o'z yo'lini tanlagan. Biz uning sportdagi faoliyati davom etishini kutib qolamiz, shuningdek Fedor Team jamoasining chiqishlarini kuzatamiz", - deyiladi Gabdullinning sport federaciyasi rasmiy saytida elon qilingan bayonotida.

Rossiya MMA ittifoqi rahbariyatiga bildirilgan tanqidlarga kelsak, Gabdullin federaciya qatiy tarzda amaldagi qonunchilik doirasida va Rossiya Federaciyasi Prezidenti Vladimir Putinning farmoniga muvofiq ish olib borishini takidladi.

"Rossiya MMA ittifoqiga keladigan bo'lsak, shuni alohida takidlashni istardimki — biz barchamiz — sport amaldorlari, sportchilar, hakamlar, murabbiylar, hududiy federaciyalar RF Prezidenti Vladimir Putinning "Rossiya Federaciyasining 2030 yilgacha bo'lgan davrda milliy rivojlanish maqsadlari to'g'risida"gi asosiy farmoniga muvofiq ishlaymiz".

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing