29 iyu 18:59
Yangiliklar

Jon Jons Emelyanenko bilan "Qizil maydon"da jang qilish haqidagi savolga javob berdi
— Sen Oq uydagi UFC turnirida ishtirok etmoqchimisan, to'g'rimi?
— Ha buni istardim, hozir shu yo'nalishda ish olib boryapman.
— Agar bu turnir amalga oshmasa, menda boshqa variant bor — Qizil maydonda jang. Unda ishtirok etmoqchimisan?
— Men UFC bilan uzoq muddatli shartnoma tuzganman. SHuning uchun, bu imkoniyatdan foydalana olmayman.
— Agar biz Dana Uayt bilan kelishib, seni Moskvaga olib borsak, turnirga o'xshash tadbir tashkil qilsakchi? Raqibing Fyodor bo'ladi.
— Hech kim men bilan Fyodor o'rtasidagi jangni ko'rishni xohlamaydi. U bilan jang qilgim yo'q. Men Fyodorni juda yaxshi ko'raman. U uzoq yillar davomida mening kumirlarimdan biri bo'lgan. U — haqiqiy afsona va juda yaxshi inson”, — dedi Jons IBA.PRO bosh direktori Al Siesta bilan suhbatda.
Fikrlar