So’nggi yangiliklar

12:21Анвар Анваров Бриллиант лига турнирида ғалаба қозонди 0 12:00Жон Жонс Чимаев билан бирга машғулот ўтказиш истагини билдирди 0 11:39Олимпиада чемпиони ММАда дебют қилади 0 11:18Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор 0 10:57Буни кутмаганингиз аниқ: Жервонта Дэвис Жейк Пол билан жанг қиладиган бўлди 0 10:36Гандболчиларимиз Осиё чемпионатини йирик ҳисобдаги ғалаба билан бошлади 0 10:15Sinquefield Cup 2025. Нодирбек Абдусатторов ниҳоят илк очкосини қўлга киритди 0 09:54ЕЧЛ саралаши. "Қайрат" сўнгги босқичнинг илк ўйинида "Селтик" билан дуранг ўйнади. Барчаси Олмаотада ҳал бўлади 0 09:33"Одамлар 25 дақиқа қучоқлашиб турган йигитларни томоша қилмайди". Коста Чимаевни танқид қилди 0 09:12Биволнинг менеджери Бетербиев билан трилогия ҳақида гапирди 0 08:51Чимаев унга қарши жанг қилиш истагини билдирган де Риддерга жавоб берди 0 08:30Мессисиз "Интер Майами" Лига кубогининг 1/2 финалига йўл олди 0 08:09Исроил Мадримов Кроуфорд ниманинг эвазига Канелони мағлуб этиши мумкинлигини айтди 0 07:48Каратэчиларимизнинг Жаҳон чемпионати учун таркиби эълон қилинди 0 07:27UFC раҳбарияти Царукянга жанг муддати ва рақибларини маълум қилди 0

23 iyu 18:21
Yangiliklar

Futbol

Saken Polatovga Olimpik futbol klubining umumiy boshqaruvi topshirilmoqda

Teglar :  Saken Polatov
"Olimpik" klubi boshqaruvida o'zgarish.

"Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olish maqsadida tashkil etilgan «Olimpik» futbol klubi joriy mavsum Sosa Sola Superligasida o'zining yorqin o'yinlari bilan minglab muxlislar qalbini zabt etib kelmoqda.

Jamoa faoliyatini yanada kuchaytirish, oldinga qo'yilgan vazifalarni puxta amalga oshirish yo'lida klubga yangi rahbar tayinlandi.

Unga ko'ra, MOQ raisi o'rinbosari, O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Saken Polatov «Olimpik» klubi prezidenti sifatida jamoaning umumiy boshqaruvini yuritadi. Saken Djetibaevich o'zining «Lokomotiv» klubidagi faoliyati bilan futbol sohasida boy katta tajribaga ega mutaxassis hisoblanadi.

U «temiryo'lchilar» bilan 3 bor mamlakat chempionligini (2016, 2017, 2018) qo'lga kiritgan. SHuningdek, yana 3 marta O'zbekiston kubogi (2014, 2017,2018) bahslarida g'alaba qozongan. Jamoa uning boshqaruvida 2016 yil Osiyo chempionlar ligasida chorak finalgacha etib borgan.

SHu tariqa Saken Polatovga yana bir muhim missiya – «Olimpiyachilarimiz» bilan Parij-2024 yo'llanmasini qo'lga kiritish vazifasi yuklatilmoqda. 1-19 iyun kunlari mamlakatimizda o'tkazilgan U23 Osiyo kubogida yoshlarimizning finalgacha etib borgani bu yo'lda olib borilayotgan ishlar qanchalik to'g'ri yo'lga qo'yilganidan dalolat bermoqda. Ishonamizki, Saken Djetibaevich boshqaruvida «Olimpik» yanada kuchayib, o'zbek futboli muxlislarini xursand qilishda davom etadi.

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi Saken Polatovga yangi va masuliyatli lavozimda oldinga qo'yilgan vazifani uddalashda kuch-g'ayrat va omad tilaydi", — deyiladi xabarda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing