So’nggi yangiliklar

12:25Superunited Rapid & Blitz Croatia. Абдусатторов рапид бўйича учта партияда дона сурди 0 12:04“Ал Ҳилол“ “Манчестер Сити“ни мағлуб этгани учун футболчиларга қанча мукофот пули бергани маълум 0 11:43Царукян: "Топурияни фақат мен енга оламан" 0 11:22Ёшларимиз Чехия ва Венгрияда ўтказиладиган Европа Кубокларига жўнаб кетишди + ФОТО 0 11:01Жаҳон кубоги. Кеча жанг қилган уч боксчимиздан икки нафарида ғалаба 0 10:40Суперлига. Бугун 1-давранинг сўнгги тури старт олади 0 10:19Мадияр Саидраҳимов IBA.Pro 7 турнирида озарбайжонлик рақиби устидан ғалаба қозонди 0 09:58Пойтахтимиз мезбонлигидаги стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ниҳоясига етди 0 09:37"Ҳаваскордек жанг қилди". Пимблетт Оливейрани танқид қилди 0 09:16“Насаф“ Мозговойнинг ўрнига “Динамо“ етакчисини олиб келмоқчи 0 08:53"Топурия ва Царукян бой оиладан чиққан" - Даниэль Кормье 0 08:29Байдарка ва каноэчиларимиз Болгарияга жўнаб кетди 0 08:02Хейни иштирокидаги чемпионлик жанги ноябрь ойида бўлади 0 07:30Шомуродовнинг янги жамоаси деярли маълум. Музокаралар якуний босқичда 0 19:01ФИДЕ тарихидаги илк рейтинг рўйхати қандай бўлганини биласизми? 0

10 may 07:45
Yangiliklar

SHaxmat

SHaxmat bo'yicha Prokuror kubogi musobaqasi tashkil etildi

9 may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Farg'ona shahrida uyushmagan aholi (18-30 yosh va 30 yoshdan kattalar) o'rtasida shaxmat bo'yicha SHahar prokurori kubogi musobaqasi o'tkazildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi «Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmoni hamda 2021 yil 14 yanvardagi «SHaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori ijrosini taminlash maqsadida Farg'ona shahar prokuraturasi hamda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Farg'ona filiali hamkorligida tashkil etilgan musobaqada uyushmagan aholi faol ishtirok etdi. Bahslarda 18-30 yosh va 30 yoshdan kattalar (erkaklar va ayollar) o'rtasida o'tkazildi.

Tadbirning ochilish marosimida Farg'ona shahridagi MFYlarning 30 nafardan ortiq faollari, turli korxona va tashkilotlar rahbarlari, talim muassasalari mutasaddilari hamda o'quvchilar ishtirok etdi.

Musobaqani Farg'ona shahar prokurori, adliya katta maslahatchisi D.Qobulov hamda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Farg'ona filiali direktori R.Rasulovlar ochib berishdi.

Musobaqada 60 nafardan ortiq ishtirokchilar o'zaro bahslashdi. Qizg'in va murosasiz kurashlar ostida kechgan musobaqa g'olib va sovrindorlari bilan tanishing:

30 yoshgacha yigitlar o'rtasida:

1. Jalolov Rustam,

2. Sobirov Asilbek,

3. Erkinov M.

30 yoshgacha xotin-qizlar o'rtasida:

1. Ibrohimova Rayxona,

2. O'ktamova Nazirabegim,

3. O'ktamova Zubayda.

30 yoshdan katta erkaklar o'rtasida:

1. Rustamov Alisher,

2. Usmonov Zokirali,

3. Yusupov Obidjon.

30 yoshdan katta ayollar o'rtasida:

1. S.Mullajonova,

2. S.Xolmatova,

3. M.Sultonova.

Musobaqa yakunida g'olib va sovrindorlarni Farg'ona shahar prokurori D.Qobulov diplom va qimmatbaho estalik sovg'alari bilan taqdirladi.

SHuningdek, tadbirda xizmat ko'rsatgan ustoz va murabbiylar, hakamlar ham samarali mehnati uchun O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg'ona filiali direktori R.Rasulov tomonidan tashakkurnoma va estalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing