03 iyu 11:22
Yangiliklar

Yoshlarimiz CHexiya va Vengriyada o'tkaziladigan Evropa Kuboklariga jo'nab ketishdi + FOTO
Avvaliga 5-6 iyul kunlari CHexiya poytaxti Praga shahrida Junior European Cup 2025 musobaqasi bo'lib o'tadi. Ushbu Evropa ochiq chempionati yakunlanganidan so'ng CHexiyaning Nimburk shahrida xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'ini tashkil etiladi. Unda yoshlarimiz ham ishtirok etishadi.
SHundan so'ng, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 12-13 iyul kunlari Vengriyaning Paksh shahrida o'tkaziladigan Junior European Cup 2025 turnirida yurtimiz sharafini himoya qiladilar.
Terma jamoamiz delegaciyasi har ikki turnir hamda xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etish maqsadida Evropa qitasiga jo'nab ketdi.
Safar oldidan O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov terma jamoamiz azolari bilan uchrashdi va ularga dunyoning turli kuchli dzyudo maktabi vakillari ishtirokida o'tadigan nufuzli musobaqalarda g'alaba yor bo'lishini tiladi.
Malumot uchun, CHexiya turnirida 4 qitaning 32, Vengriya musobaqasida esa 5 qitaning 39 davlatidan keladigan jami 1000 nafarga yaqin dzyudochilar medallar uchun tatamiga chiqadi.
Fikrlar