So’nggi yangiliklar

19:15Махачев Камару Усманга қарши эҳтимолий жанг ҳақида фикр билдирди 0 18:52"Октагоннинг полини сенинг юзинг билан артаман" - Царукян Топурияга мурожаат қилди 0 18:30Ислам Махачев Топурия - Оливейра жангига тахмин берди 0 18:08"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаевга қизиқаётгани ростми? 0 17:45UFC Аспиналл учун жанг ташкил этиш борасида ишламоқда, даъвогар маълум 0 17:23Топурия нега Царукян UFC 317’дан кейин чемпионлик жангида қатнашмаслигини айтди 0 17:00"Жонс барчани кутишга мажбур қилди" - Ислам Махачев 0 16:38Осиё Кубоги-2026 саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон футзал термаси рақибларини билиб олди 0 16:16Ислам Махачев яримўрта вазнга ўтиш сабабини айтди 0 15:54Ўзбекистон Кубогининг иккинчи кун ғолиб ва совриндорлари аниқланди + ФОТО 0 15:25Волкановски Топурия - Оливейра жанги учун тахмин билдирди 0 15:03Аргентинада 18 ёшли футболчи тиззасидан операция қилинаётган вақтида вафот этди 0 14:39Ислам Махачев енгил вазнга қайтиш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 14:17Лос-Анжелес Олимпиадасига саралаш жараёнида ўтказиладиган икки йиллик Гран-прилар тақвими маълум 0 13:54Ислам Махачев кейинги жангини қаерда ва қачон ўтказмоқчи эканини айтди 0

20 jan 18:23
Yangiliklar

Og'ir atletika

SHaxrillo Maxmudov: "Sportchining asosiy kuchi - fidoyilik"

Bugun O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida Prezidentimizning 2020 yil 29 dekabr kuni Oliy Majlis palatasi va xalqimizga yo'llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini ochib berish, unda keltirilgan masalalar bo'yicha atroflicha fikr almashish maqsadida davra suhbati bo'lib o'tdi.

Unda Madaniyat va marifat markazi bo'lim boshlig'i Mansur Musaev va O'zbekiston davlat sanat va madaniyat instituti kafedra mudiri Musallam Abdujabbarova mavzuga oid o'z fikr-mulohazalari bilan o'rtoqlashdilar. 

Mazkur tadbirda O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi vice-prezidenti SHaxrillo Maxmudov so'zga chiqdi. 

"Nafaqat sport sohasi vakillari, balki butun insoniyat uchun og'ir yilni boshdan o'tkazdik. Yuzaga kelgan qiyin vaziyat, noqulayliklarga qaramay, O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi xotirjamlikni saqlagan holda, ishlashdan to'xtamadi. O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yilligi arafasida tarixda ilk bor "O'zbekiston Mustaqilligi kubogi" onlayn tarzda tashkil etildi. Xorijlik hamkasblarimizning yuksak etirofiga sazovor bo'lgan musobaqa, dunyoning ko'plab mamlakatlariga onlayn tarzda uzatib turildi.  

Yurtboshimiz barcha soha vakillari, jumladan sportchilar ham manaviy etuklikka intilishlari zarurligini takidladi. CHindan, har bir sportchi maqsadiga etishi uchun manaviy tomondan ham rivojlangan bo'lishi kerak. Og'ir atletikachining bilagi qanchalik kuchga to'lgan bo'lmasin, vatan tuyg'usi, fidoyilik ruhiyati unga istalgan raqib oldida ustunlik beradi. SHuning uchun ham sportchilarimizni manan etuk bo'lishlari uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilishimiz talab etiladi. 

Sportni rivojlantirish, yaxshi sportchilarni etkazish uchun ham o'zimiz, murabbiylar, mutasaddilar yaxshi o'rnak bo'lishi zarur. 

Bugungi kunda har birimiz, shu qatorda sportchilar ham manaviy jihatdan zamondoshlaridan, zamondan qolib ketmasligimiz zarur", - dedi SHaxrillo Maxmudov.


O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing