So’nggi yangiliklar

19:12Дел Пьеро клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида ким ғолиб бўлишини тахмин қилди 0 18:51Азамат Нуфтиллаевнинг жанги чемпионлик камари учун бўлади 0 18:30"UzChessCup" ғолиб ва совриндорлари мусобақа орқали қанча пулга эга чиқишди? 0 18:07Ишониш қийин: Жейк Пол бугун рақибига нисбатан камроқ пул ишлаб олди 0 17:46Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас" 0 17:25Царукян: "Оливейра титул учун жанг қилишга нолойиқ эди" 0 17:03Илк бор академик эшкак эшувчимиз Жаҳон кубогида шоҳсупага кўтарилди 0 16:42Қозоғистон ўз уйида ўтадиган Жаҳон кубоги учун таркибларини эълон қилди 0 16:21Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин 0 15:59Арман Царукян UFC раҳбарияти қароридан норози 0 15:38Уайт Махачев - Маддалена жанги қаерда ўтказилишини айтди 0 15:16Пантожа: "P4P рейтингида юқорироқ ўринга муносибман" 0 14:52Царукян: "Мен Топурияни финиш қила оламан" 0 14:28МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди 0 14:06Царукян енгил вазнда навбатдаги даъвогар бўладими? Дана Уайт жавоб берди 0

16 okt 16:04
Yangiliklar

Tadbirlar

Sport haftaligi doirasida Do'stlik sport festivali tashkil etildi

Xorazm viloyatida tashkil qilinayotgan Sport haftaligi doirasida kecha Urganch davlat universitetida Do'stlik sport festivali o'tkazildi.

Mazkur festivalda azaldan qardosh xalqlar hisoblangan o'zbek va turkman yoshlari bir safda turib, ommaviy sport tadbirlarida ishtirok etishdi.

Malumot o'rnida, bugungi kunda Urganch davlat universitetida 1 500 nafarga yaqin chet el fuqarolari (asosan Turkmaniston Respublikasi yoshlari) tahsil olishadi. Ulardan qariyb 1 000 nafari ayni damda talim muassasasining «Talabalar turar joyi»da istiqomat qiladi.

Bugungi pandemiya sharoitida talaba yoshlarni ommaviy sportga keng jalb qilish, ikki xalq yoshlari orasida o'zaro madaniy-do'stlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan «Do'stlik» sport festivali doirasidagi tadbirlar erta tongdan ommaviy badantarbiya mashqlari hamda «Sog'lom hayot uchun 5000 qadam» loyihalari bilan boshlandi. Ertalabki ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarida 600 nafarga yaqin talaba faol ishtirok etdi.

SHuningdek, kun davomida talaba yoshlar mini futbol, shaxmat-shashka, armrestling sport turlari, qolaversa milliy sport turlaridan arqon tortish va tosh ko'tarish bo'yicha o'zaro bellashdi.

Musobaqalarda 300 nafarga yaqin talaba yoshlar ishtirok etdi. Sport festivali yakunida g'olib va sovrindorlar Xorazm viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining diplom va medallari bilan taqdirlandilar.

Xorazm viloyatida «Sport haftaligi» doirasidagi sport tadbirlari davom etmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing