So’nggi yangiliklar

09:27Уимблдон турнири тарихида зарба тезлиги бўйича рекорд ўрнатилди 0 09:06Президент топшириғи билан пара велоспортчимиз Фотима Саиповага уй совға қилинди + ФОТО 0 08:45Илия Топурия UFC'да P4P рейтинги етакчиси бўлган ўнинчи спортчига айланди 0 07:30Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" "Ювентус"ни енгиб, 1/4 финалга йўл олди + ВИДЕО 0 19:40Абдел-Азиз ижтимоий тармоқларда: "Махачев. Тез орада" 0 19:17Жейк Пол WBA рейтингида ТОП-15'га киритилди 0 18:53"Рома" мухлислари рекорд миқдорда абонемент сотиб олди 0 18:30Царукян Топурияга жавоб қайтарди: "Қўрқув бу - ҳақиқий рақибдан қочиш" 0 18:07Афруза Ҳамдамова Қозоғистондаги турнирдаги ғолиблик орқали 51 балл ишлаб олди 0 17:45"Идеал вариант". Илия Топурия кейинги жангини қачон ўтказмоқчи эканини айтди 0 17:23Фофанага қизиқувчилар сони ортмоқда: Англиядан икки таклиф бор 0 17:00Топурия Гэтжи билан жанг қилишни истамаяпти 0 16:38Эмма Радукану "Уимблдон"да муваффақиятли старт олди 0 16:16Темиров - Алмабаев жанги ғолибига даъвогар билан жанг қилиш таклифи берилди 0 15:55Станислав Черчесов: "Нега Ўзбекистон мундиалдаги "сюрприз" жамоа бўлмаслиги керак?" Станислав Черчесов билан эксклюзив интервью 0

30 apr 17:05
Yangiliklar

Sport kurashlari

Sport kurashlari. Jahon licenzion turniriga yo'l oluvchi tarkib malum

Teglar :  Sport kurashlari
Xabar berganimizdek, 6-9 may kunlari Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida sport kurashlari bo'yicha Tokio Olimpiadasiga yo'llanma beruvchi jahon licenzion turniri bo'lib o'tadi.

Ushbu musobaqa Olimpiadaga so'nggi licenzion turnir hisoblanadi. 

Sofiya musobaqasi oldidan erkin va yunon-rum kurashchilarimizdan 4 tadan jami 8 ta licenziya bor. Bolgariyada yana 2 tadan 4 ta yo'llanmani qo'lga kiritish imkoniyati bor. Lekin yunon-kurashi bo'yicha terma jamoamiz murabbiylari qaroriga ko'ra Sofiyaga birgina Mahmud Baxshilloev (67 kg) yo'l oladi. 97 kg vazndagi kurashchimiz Jahongir Turdiev jarohati sabab jahon licenzion turnirida ishtirok eta olmaydi. O'zbekiston ayollar erkin kurash terma jamoasi esa to'liq tarkibda Bolgariyaga jo'nab ketadi. Boisi, ular hali Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritishmagan. 

Licenziya uchun gilamga chiqadigan kurashchilarimiz:

ERKIN KURASH

65 kg: Ilyas Bekbulatov  

125 kg: Dilmuhammad Nurmuhammedov

Murabbiylar - Olimjon Hikmatov, Abdurauf Bozorboev, Arsen Ahmedov


YUNON-RUM KURASHI

67 kg: Mahmud Baxshulloev

Bosh murabbiy - Ravshan Ro'ziqulov


AYOLLAR KURASHI

50 kg: Dauletbike Yaxshimuratova

53 kg: SHohida Ahmedova  

57 kg: Sevara Eshmuratova  

62 kg: Nabira Esenbaeva

68 kg: Svetlana Oknazarova

76 kg: SHahribonu Ellieva


Murabbiylar - Anatoliy Ibragimov, Ahmed Kagarmanov  

SHifokorlar - Uzrob Tursunaliev, Ulug'bek To'raboev

Hakam - Tohir G'ulomov

Menejer - Ruslan Abdullaev

Bosh kotib - SHuhrat Mamadaliev 

O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi matbuot xizmati


Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing