01 iyu 16:16
Yangiliklar

Temirov - Almabaev jangi g'olibiga davogar bilan jang qilish taklifi berildi
Avstraliyalik Kay Kara-Frans UFC chempionlik kamari uchun Aleshandre Pantojaga mag'lub bo'lganidan so'ng, u Asu Almabaev va Ramazon Temirov o'rtasidagi jang g'olibi bilan to'qnashishi mumkin.
Bu haqda Sports.kz sayti Cagesidepress.comga tayangan holda xabar berdi.
"Kay uchun eng maqbul variant — Asu Almabaev va Ramazon Temirov jangining g'olibi bilan to'qnashish. Jang 26 iyul kuni bo'ladi. Bu vaqt jihatidan qulay. Asu 8-o'rinda, Ramazon esa 13-o'rinda turibdi.
Kayni ushbu jang g'olibi bilan to'qnashtirish elita qatoriga yangi nomlar olib kirishga yordam beradi. SHuningdek, qiziqarli markaziy jang bo'lishi mumkin.
SHu boisdan, Kara-Fransning keyingi raqibi — Asu Almabaev va Ramazon Temirov jangining g'olibi yoki Manel Kape bo'lishi mumkin", — deb yozadi manba.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar