01 iyu 16:38
Yangiliklar
Tennis

Emma Radukanu "Uimbldon"da muvaffaqiyatli start oldi
Dunyoning 40-raketkasi bo'lib turgan Emma Radukanu o'z vatanida o'tkazilayotgan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Uimbldon turniridagi ishtirokini g'alaba bilan boshlab oldi.
Britaniyalik tennis malikasi ilk davrada WTA reytingida 318-pog'onada borayotgan vatandoshi Minge Syuyni ikki setda ham bir xil hisobda mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 6/3. Bu vatandoshlarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.
Sakson etti daqiqa davom etgan bahsda Radukanu 4, Syuy 3 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Endi Radukanu ikkinchi bosqichda chexiyalik Marketa Vondroushovaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar