So’nggi yangiliklar

18:39Асу Алмабаевнинг навбатдаги жанг санаси ва рақиби маълум қилинди, рақиб - собиқ даъвогар 0 18:17UFC 322 турнири учун дастлабки жанг анонс қилинди 0 17:50Чемпионлар лигаси янги мавсумида ўйналадиган тўп намойиш этилди 0 17:25"Агар кимдир Канелони мағлуб эта олса, бу Кроуфорд бўлади" - собиқ чемпион 0 17:01Шоҳасан Мирзаматовнинг навбатдаги жанг санаси маълум қилинди 0 16:38Украина бокс терма жамоаси Ливерпулдаги ЖЧга қўйилмаслиги мумкин 0 16:16Моуринью "Фенербахче" раҳбариятини танқид қилди 0 15:55Илия Топуриянинг жамоадоши навбатдаги рақиб ва жанг санаси ҳақида маълумот берди 0 15:32WBO рейтинги янгиланди. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 15:11Қирғиз Республикасининг Ливерпулдаги ЖЧ учун таркиби маълум: Мунарбек ҳам таркибда! 0 14:50Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди 0 14:29"Чимаевни мағлуб этадиган кимнидир кўрмаяпман" - UFC собиқ чемпиони 0 14:08Низомиддин Хайриддинов — Astana 2025 World Boccia вице-чемпиони! 0 13:47Пауло Коста: "Чимаев дю Плесси билан жанг қилишдан қўрқди" 0 13:26"Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда 0

25 sen 12:58
Yangiliklar

Bolalar sporti

Sport maktabalari ommaviylik va barkamollikka xizmat qiladi

Teglar :  BO'SMCHirchiq
Yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishi, sog'lom turmush tarziga amal qilishi, ularni manaviy hamda jismoniy komilikka intilishini shakllantirish har birimizning burchimiz hisoblanadi.

Bu borada yurtimizda faoliyat yuritayotgan sport maktablarining murabbiylariga yana ham katta masuliyat yuklanadi. 

Xususan, bugun biz so'z yuritmoqchi bo'lganimiz - Toshkent viloyati Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi tasarrufidagi CHirchiq shahar sport maktabida ham 2301 nafar o'g'il-qizlar dzyudo, boks, yunon-rum kurashi, qilichbozlik, basketbol, voleybol, futbol, badiiy va sport gimnastikasi, taekvondo, velosport (MTB), stol tennisi, og'ir atletika, engil atletika, qoyani zabt etish, velosport (shosse), turon yakka kurashi, kurash, belbog'li kurash, shaxmat, sambo, bel olish va uch kurash, karate (VKF), para qilichbozlik va para shaxmat sport turlari bo'yicha 81 nafar malakali trenerlar qo'l ostida muntazam mashg'ulotlarga kirishgan.

Mashg'ulotlarga zo'r berayotgan sportchi-o'quvchilarning musobaqalardagi natijalarini ham etirofga sazovor deyish mumkin. Miravoz Mirsadikov, Munir Aytmatov, Laylo Davletyarova (engil atletika), Saidbek Jeenbaev (qilichbozlik), SHahzoda SHermuhammedova (shaxmat), Akmal Jumaniyozov (qoyani zabt etish), Iqbol Isaev (belbog'li kurash), Abdurauf Yakubov (yunon-rum kurashi), Abdulaziz Ochilov (turon yakka kurashi), Xurshid Nurboev (boks), Abdulla Abduqayumov (karate VKF) singari trenerlar qo'l ostida shug'ullanib kelayotgan o'g'il-qizlar respublika va xalqaro musobaqalarda yorqin g'alabalarga ega chiqayotgani bor gap.

Ko'pchilik sport mutaxassislariga yaxshi malum, CHirchiq sport maktabi tarbiyalanuvchilari avvaldan viloyat va respublika musobaqalarida hamisha kuchli uchtalikda qayd etiladi. Bu ananani davom ettirish uchun sport maktabi rahbariyati va trenerlari bor bilim va tajribalarini ishga solishyapti.

SHuningdek, sport maktabi direktori Suhrob Sultonov boshchiligida ustoz-murabbiylar CHirchiq shahrining barcha mahallalari kesimida “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasidagi ommaviy sport musobaqalarini yuqori saviyada o'tishida ham ko'makchi bo'lishmoqda.

Sport maktabi tarbiyalanuvchilarining o'zlari tanlagan sport turiga qiziqishini oshirish, sportda yuqori cho'qqilarni zabt etishda mustahkam irodani shakllantirish maqsadida nomdor sportchilar ishtirokida mahorat darslarini o'tkazish odat tusini olgan.

Jumladan, yaqinda yosh taekvondochilar uchun xalqaro toifadagi sport ustasi, ko'p karra xalqaro musobaqalar g'olibi, “Tokio-2020” ishtirokchisi, “Konya-2021” Islom birdamligi o'yinlari oltin medali sohibasi Svetlana Osipova mahorat darslarini o'tkazdi.

Professional sportchilarning bu kabi mahorat saboqlarini sport maktabi bilan hamkorlikda amalga oshirishi ananaga aylangan.

Bir so'z bilan aytganda, mamlakatimizdagi barcha sport talim muassasalaridagi kabi CHirchiq sport maktabining sportchi o'g'il-qizlari ham bugun munosib shart-sharoitlardan oqilona foydalinib, ustozlari etagidan mahkam tutib, o'z salomatliklarini yanada mustahkamlash va mahoratlarini oshirib, chempionlik sari qadam tashlayotgani ayni haqiqat.  

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing