So’nggi yangiliklar

22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0

16 iyu 17:30
Yangiliklar

Dzyudo

CHirchiq sport maktabi murabbiyi Taypeyda oltin medal qo'lga kiritdi

Xitoy Taypeyida dzyudo bo'yicha Butunjaahon masterlar o'yinlari (World masters games) o'yinlari bo'lib o'tdi.

Ahamiyatlisi, mazkur nufuzli xalqaro musobaqada ishtirok etgan hamyurtimiz Avaz Korganov 90 kg. vazn toifasida barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, oltin medalni qo'lga kiritdi. 

Ayni paytda 37 yoshda bo'lgan oltin medal sohibi Avaz Korganov bolaligidan hozirga qadar dzyudo gilamida Vatani, jamoasi manfaatini, yutuqlarini munosib himoya qilib kelmoqda. Avaz Korganov 2007 yil, 19 yoshida O'zbekiston chempioni bo'lib, mamlakat milliy terma jamoasiga qabul qilindi. Terma jamoa safida  2008 yilda Tokioda o'tgan jahon chempionatida jamoaviy bahslarda kumush medalga erishdi.

SHuningdek, terma jamoa tarkibida unga 2009 yil Turkiyada, 2011 yil Eronda, 2012 yilda Toshkentda o'tgan xalqaro musobaqalarda kuchli uchlikdan joy olish nasib etdi. Jarohati tufayli London-2012 Olimpiadasida qatnasha olmagan bo'lsa-da, dzyudo sportni tashlab ketmadi. Aksincha, maydonga murabbiy sifatida qaytishga muvaffaq bo'ldi. Bir muddat Sergeli tuman sport maktabida murabbiylik qildi, so'ngra uch yil davomida Janubiy Koreyada ham faoliyat ko'rsatdi. 

2021 yildan CHirchiq shahar sport maktabida dzyudo bo'limida ishlash asnosida ko'plab yoshlarni o'z ortidan ergashtira oldi. Yaniki, shogirdlarini ham o'zi kabi dyuzdo gilamidan g'olibona tark etishga o'rgatdi va o'rgatmoqda. Dzyudo sirlarini o'rganayotgan 50 nafardan ortiq o'g'il-qizlar orasida iqtidorlilari talaygina. 

Darvoqe, Avaz Korganov 2024 yil noyabr oyida AQSHning Las-Vegas shahri mezbonlik qilgan dzyudo bo'yicha faxriylar o'rtasidagi jahon chempionatida ham 90 kg. vazn toifasida italiyalik, braziliyalik, AQSH hamda franciyalik kurashchilarni engib, finalga qadar etib borib, kumush medal sohibiga aylangandi. Demak, marra baland olingan va  mashg'ulotlarga zo'r berilganki,  endigi urunish oltinga aylandi. 

Barakalla  sportchi - murabbiy!

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing