So’nggi yangiliklar

18:39Асу Алмабаевнинг навбатдаги жанг санаси ва рақиби маълум қилинди, рақиб - собиқ даъвогар 0 18:17UFC 322 турнири учун дастлабки жанг анонс қилинди 0 17:50Чемпионлар лигаси янги мавсумида ўйналадиган тўп намойиш этилди 0 17:25"Агар кимдир Канелони мағлуб эта олса, бу Кроуфорд бўлади" - собиқ чемпион 0 17:01Шоҳасан Мирзаматовнинг навбатдаги жанг санаси маълум қилинди 0 16:38Украина бокс терма жамоаси Ливерпулдаги ЖЧга қўйилмаслиги мумкин 0 16:16Моуринью "Фенербахче" раҳбариятини танқид қилди 0 15:55Илия Топуриянинг жамоадоши навбатдаги рақиб ва жанг санаси ҳақида маълумот берди 0 15:32WBO рейтинги янгиланди. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 15:11Қирғиз Республикасининг Ливерпулдаги ЖЧ учун таркиби маълум: Мунарбек ҳам таркибда! 0 14:50Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди 0 14:29"Чимаевни мағлуб этадиган кимнидир кўрмаяпман" - UFC собиқ чемпиони 0 14:08Низомиддин Хайриддинов — Astana 2025 World Boccia вице-чемпиони! 0 13:47Пауло Коста: "Чимаев дю Плесси билан жанг қилишдан қўрқди" 0 13:26"Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда 0

26 sen 07:22
Yangiliklar

Tadbirlar

Sportni rivojlantirish vaziriga “Aleksandr Makedonskiy” ordeni topshirildi

Teglar :  O'zDJTSU
O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Universitet sporti: millat salomatligi va farovonligi” mavzusida talabalar va yosh olimlarning Xalqaro ilmiy anjumani o'tkazildi.

Anjuman avvalida kitoblar, ilmiy ishlanmalar va patentlar ko'rgazmasi o'tkazildi. SHundan so'ng anjumanni O'zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri o'rinbosari Abdullo Aslonov kirish so'zi bilan ochib berdi.

SHu bilan birga, Jismoniy tarbiya va sport universitetlari Xalqaro Associaciyasi Prezidenti Kayrat Zakiryanov ham anjuman ishtirokchilari va mehmonlarini xalqaro konferenciya bilan tabrikladi va faxrli mehmon tomonidan O'zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vaziriga “Aleksandr Makedonskiy” ordeni topshirildi. Uni vazir o'rinbosari Abdullo Aslonov qabul qilib oldi.

Anjuman davomida yalpi majlis doirasida bir qator xorijiy va mahalliy mutaxassislar tomonidan sohadagi muhim yo'nalishlar bo'yicha maruzalar qilindi.

SHuningdek, Moldova davlat jismoniy madaniyat va sport universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Vyacheslav Grigorevich Manolakiga O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti faxriy professor unvoni berildi.

Xalqaro konferenciya davomida delegaciya rahbarlarining uchrashuvi o'tkazildi. Unda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Moldova davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Ozarbayjon davlat jismoniy tarbiya va sport akademiyasi, Qirg'iziston davlat jismoniy tarbiya va sport akademiyasi, Moskva davlat jismoniy talim-tarbiya akademiyasi, Sibir davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va Voronej davlat jismoniy tarbiya institutlari bilan hamkorlik shartnomalarini imzoladi.

Plenar yig'ilishlaridan so'ng konferenciya o'z ishini beshta sekciya bo'yicha ham davom ettirdi. Sekciyalarda talabalar sport harakati: tajriba, muammolar, istiqbollar; sportchilarni tayyorlashning zamonaviy tizimining innovacion texnologiyalari; sog'lom turmush tarzida harakat faoliyati va ommaviy sport, sport sog'lomlashtirish turizmi; barcha turdagi talim muassasalarida jismoniy tarbiya: muammolar va istiqbollari kabi masalalari muhokama etildi.

SHunday qilib, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi xorjiy hamda mahalliy yosh olimlar, talabalarni birlashtirib, u bo'yicha olib borilyotgan ilmiy-tadqiqotlardagi yangiliklarni xalqaro daraga ko'tarishga xizmat qilgan “Universitet sporti: millatning sog'lig'i va farovonligi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o'z faoliyatini yakunldi.

Yakunda esa turli nominaciyalar asosida bir qator konferenciya ishtirokchilari diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

O'zDJTSU axborot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing