So’nggi yangiliklar

19:14Акмалжон Исроилов ЖЧ ярим финалига йўл олди 0 18:52Фазлиддин Мадраҳимовнинг Тошкентдаги рақиби ўзгарди. Муҳиддин Мамажонов билан трилогия кўрамиз 0 18:30Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Қолганлар эса тайёр" 0 18:09Шодиёр Мелиқўзиев чорак финалда япониялик боксчига имкониятни бой берди 0 17:45"Дэвис кубоги": Гонгконг — Ўзбекистон ўйини учун қуръа ташланди, ўйинлар эртадан бошланади 0 17:22Дана Уайт: "Дональд Трамп — UFC мухлиси ва менинг 25 йиллик дўстим" 0 17:00АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум 0 16:38Сабина Бобоқулова катта устунлик эвазига ғалаба қозониб, ЖЧ ярим финалга йўл олди 0 16:11"Уни нокаутга учратиш учун барча ишни қиламан". Сауль Альварес — Кроуфордга қарши жанг ҳақида 0 15:50Муроджон Аҳмадалиевнинг Наоя Иноуэ билан жанги Ўзбекистонда кўрсатиладими? 0 15:29Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди 0 15:08Дана Уайт Оқ уйдаги турнир ҳақида: "Биз Трампга барчасини кўрсатдик" 0 14:47Кроуфорд Мадримов билан оғир ўтган жанги ҳақида: "Канело ҳам охирги жангида шоу кўрсатгани йўқ" 0 14:26Аҳмадалиев vs Иноуэ. Матбуот анжуманидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 14:05Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради 0

19 mar 12:00
Yangiliklar

Stol tennisi

Stol tennisi. Gulistonda O'zbekiston kubogining finalchilari aniqlandi

Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida o'tkazilayotgan stol tennisi bo'yicha O'zbekiston kubogining final ishtirokchilari malum bo'ldi.

Rimma va Diana poytaxtliklarni finalga olib chiqishdi va amaldagi chempionlarni to'xtatishdi. Yarim finalning birinchi ochkosini Toshkent viloyatiga Marhabo Magdieva keltirdi. U O'zbekistonning amaldagi chempioni Diana Polegaeva ustidan g'alaba qozondi.

Ikkinchi uchrashuvda Rimma Molokanova Sogdiana Ibodullaevaga imkoniyat qoldirmadi va hisobni tenglashtirdi. Uchinchi o'yinda Mohiroy Kamalovaga qarshi o'ynagan Rozalina Xadjieva Toshkent viloyati vakillariga yana bir ochko keltirib xisobni 2-1 ga etkazdi. 

Kubok bellashuvlariga fenomenal formada kelgan Molokanova (Gufranova) Rimma Magdievaga qarshi o'zini ruxan tayyorlay olgani va so'ngi ikkita uchrashuvda Magdievaga yutqazgan o'yinlari uchun revansh olgani tahsinga sazovor bo'ldi 2-2. 

Hal qiluvchi ochko uchun to'qnash kelgan Polegaeva va Ibodullaevalar kunning eng qiziqarli uchrashuvini muxlislarga taqdim etishdi. Dramatizmga boy uchrashuvda Diana Sogdiana ustidan g'alaba qozonib, Toshkent shahri jamoasini finalga olib chiqdi 3-2!

Ikinchi 1/2 finalda Namangan viloyati 3-1 hisobida andijonlik raqiblaridan ustun kelib, bugun o'tkaziladigan finalda poytaxtlik stol tennischilarga bahs olib boradigan bo'lishdi. 

1/2 final. Ayollar yo'nalishi: 

Toshkent-1 - Toshkent viloyati 3-2

Namangan - Andijon 3-1

Final. Toshkent-1 - Namangan

Erkaklar o'rtasidagi 1/2 finallarda sensaciya kuzatilmadi. Bugungi finalda Toshkent shahri hamda Toshkent viloyati vakillari o'zaro to'qnash keladi. 

1/2 final. Erkaklar yo'nalishi: 

Toshkent viloyati vs Samarqand 3-0

Toshkent-1 vs Qoraqalpog'iston Respublikasi 3-0

Final. Toshkent-1 - Toshkent viloyati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing