So’nggi yangiliklar

09:43Дунёнинг биринчи ракеткаси Рим "Мастерс" 1/2 финалида 0 09:22Ямал Роналду билан тенглашиб олди 0 09:01Жейк Пол Усик билан ММА қоидалари асосидаги эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 08:392025 йилда энг кўп даромад топган спортчилар рўйхати эълон қилинди 0 08:17"Сен енгил вазнда ҳеч кимсан". Ислам Махачев Топурияга кескин жавоб қайтарди 0 07:53Карим Бензема ва "Ал Иттиҳод" - Саудия Арабистони чемпиони! 0 07:30Топурия — Махачев ҳақида: "Мен кўрган энг катта кибрли одам" 0 02:29"Барселона" - Испания чемпиони! 0 23:00World Boxing Жаҳон кубоги. Яна 4 нафар боксчимиз финалга йўл олди 0 18:45Дю Плесси — Имавовнинг захира жангчиси бўлганига ҳазиломуз муносабат билдирди 0 18:24Менежер: "Махачев - Маддалена жанги Австралияда бўлмайди" 0 18:01​Алонсо "Реал"га қайси футболчиларни олиб келмоқчи? 0 17:54Бағдодда белбоғли кураш бўйича Ўзбекистони чемпионати ўтказилди 0 17:39Собиқ UFC жангчиси: "Нега Оливейра? Царукян биринчи даъвогар эди" 0 17:17"Бу Чарльз учун ёмон оқшом бўлади". UFC собиқ чемпиони Топурия – Оливейра жангига тахмин билдирди 0

14 may 10:39
Yangiliklar

SHaxmat

Superbet Chess Classic Romania. Nodirbek Abdusattorov peshqadamdan ochko tortib oldi

SHu kunlarda Ruminiya poytaxti Buxarest shahri klassik shaxmat bo'yicha nufuzli turnirga mezbonlik qilmoqda.

Grand Chess Tour 2025 tasnifiga kiruvchi — Superbet Chess Classic Romania turnirining mukofot jamg'armasi 350 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. G'olib umumiy summaning 100 000 dollariga ega bo'ladi. Dunyoning ko'zga ko'ringan grossmeysterlari qatorida bosh sovrin uchun Nodirbek Abdusattorov ham kurash olib bormoqda. 

Grossmeysterimiz kecha o'tkazilgan 6-tur uchrashuvida qora donalarda peshqadamlardan biri franciyalik Maksim Vashe-Lagravga qarshi bahs olib bordi va durangga imzo chekdi. Hozircha Nodirbek hisobida g'alaba yo'q. U 5 ta partiyada durang o'ynab, bittasida mag'lubiyat alamini totib ko'rgan. 

Amaldagi jahon chempioni, hindistonlik Gukesh Dommaradju uchun Ruminiyadagi turnir omadsiz o'tmoqda. Bu safar Gukesh 6-turda francuz Alireza Firuzdjaga yutqazib qo'ydi. Oltinchi turning qolgan partiyalarida shaxmatchilar murosa yo'lini tanlashdi. 

Turnir jadvalida 4 shaxmatchi - Fabiano Karuana, Alireza Firuzdja, Maksim Vashe-Lagrav va Rameshbabu Praggnanandha 3,5 ochkodan jamg'arib, peshqadamlik qilishyapti. Nodirbek Abdusattorov 2,5 ochko bilan 8-pog'onadan joy olgan. Ikki ochkoga ega Gukesh so'nggi 10-o'rinni band etgan.

 Bugun Abdusattorov 7-turda o'zi singari 2,5 ochko jamg'arib, 9-pog'onada borayotgan polshalik Yan-Krishtof Dudaga qarshi oq donalarda o'ynaydi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing