So’nggi yangiliklar

01:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Ювентус"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:15Махачев Камару Усманга қарши эҳтимолий жанг ҳақида фикр билдирди 0 18:52"Октагоннинг полини сенинг юзинг билан артаман" - Царукян Топурияга мурожаат қилди 0 18:30Ислам Махачев Топурия - Оливейра жангига тахмин берди 0 18:08"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаевга қизиқаётгани ростми? 0 17:45UFC Аспиналл учун жанг ташкил этиш борасида ишламоқда, даъвогар маълум 0 17:23Топурия нега Царукян UFC 317’дан кейин чемпионлик жангида қатнашмаслигини айтди 0 17:00"Жонс барчани кутишга мажбур қилди" - Ислам Махачев 0 16:38Осиё Кубоги-2026 саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон футзал термаси рақибларини билиб олди 0 16:16Ислам Махачев яримўрта вазнга ўтиш сабабини айтди 0 15:54Ўзбекистон Кубогининг иккинчи кун ғолиб ва совриндорлари аниқланди + ФОТО 0 15:25Волкановски Топурия - Оливейра жанги учун тахмин билдирди 0 15:03Аргентинада 18 ёшли футболчи тиззасидан операция қилинаётган вақтида вафот этди 0 14:39Ислам Махачев енгил вазнга қайтиш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 14:17Лос-Анжелес Олимпиадасига саралаш жараёнида ўтказиладиган икки йиллик Гран-прилар тақвими маълум 0

01 fev 08:18
Yangiliklar

Boshqalar

Talabalar kibersport musobaqasida + FOTO

Teglar :  Kibersport
O'zbekiston kibersport associaciyasining tashabbusi bilan Toshkent shahrida joylashgan OTM talabalari o'rtasida kibersportning uch yo'nalishi – “CS: GO”, “DOTA 2” hamda “PUBG Mobile” yo'nalishlari bo'yicha mukofot jamg'armasi 100 000 000 so'm bo'lgan “Univerity cyber cup” turnirining final bosqichi bo'lib o'tdi.

Musobaqa “Uzcard” kompaniyasining bosh homiyligida, shuningdek, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston yoshlar ittifoqi, O'zbekiston yoshlar ishlari agentligi, O'zbekiston innovacion rivojlanish vazirligi qoshidagi “Yoshlar akademiyasi” ko'magida, qolaversa, ITV, Dr.Web, SteelSeries tashkilotlari hamkorligida tashkillashtirildi. Tadbirning ochilish MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Irmatov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov va rais o'rinbosarlari Saken Polatov hamda Azizjon Kamilov ham ishtirok etishdi. 

Mazkur turnirning saralash musobaqalari poytaxtning 28 ta OTMlari talabalari o'rtasida onlayn tarzda bo'lib o'tdi. Saralash o'yinlarida jami 400 nafarga yaqin talaba ishtirok etdi.

SHiddatli hamda murosasiz kurashlarga to'la o'tgan turnirda: “DOTA 2” yo'nalishida Toshkent shahridagi INXA universiteti talabalari g'oliblikni qo'lga kiritishgan bo'lsa, “CS: GO” yo'nalishida Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti talabalariga teng keladigani topilmadi. “PUBG Mobile” bo'yicha Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti jamoasi barcha raqiblarini dog'da qoldirdi.

Musobaqaning final bosqichida ishtirokchilarga ilhom bag'ishlash maqsadida qiziqarli ko'ngilochar dasturlar, homiylar tomonidan taqdim etilgan sovg'alar, shuningdek, ko'rgazmali chiqishlar uyushtirildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing