So’nggi yangiliklar

15:48Анкалаев: "Бу сафар Перейрани нокаут қиламан" 0 15:22МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди 0 15:01Макс Холлоуэй енгил вазн рейтингида кучли тўртликка кириб олди 0 14:41Хабиб Нурмагомедов айни дамдаги энг яхши оғир вазнли ММА жангчиси ким эканини айтди 0 14:20Нурсултон Рўзибоев — "У UFC енгил вазнидаги кейинги чемпион бўлади" (ФОТО) 0 13:59Ўтган мавсум 1 та гол урган АПЛ футболчиси Шомуродов ўрнига "Рома" ҳужумчисига айланди 0 13:37Португалияда байдарка ва каноэда эшкак эшиш бўйича жаҳон чемпионати cтарт оляпти, унда вакилларимиз ҳам иштирок этади 0 13:15Хабиб: "Маддалена — Исламнинг фаолиятидаги энг қийин рақиб, бу жангда Махачев яққол фаворит эмас" 0 12:53Универсиаданинг еттинчи кунида 27 нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсларда иштирок этади 0 12:32Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади 0 12:11Тайсон Фьюри: "Улар билан ҳатто пул учун ҳам жанг қилмайман" 0 11:50Ёзги Универсиада ўйинлари. Бугун илк кунги баҳсларда 4 дзюдочимизга мухлислик қиламиз 0 11:29Собиқ мутлақ жаҳон чемпиони кўриш қобилиятини йўқотиш хавфи сабаб фаолиятини якунлади 0 11:08"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат кузатилмаганди 0 10:47Украина спорти афсоналари Шевченко ва Усик учрашишди + ФОТО 0

27 jan 18:14
Yangiliklar

Boks/MMA

Tayson Fyuri Joshua, Usik va Uaytni qo'rqoqlar deb atadi

Superog'ir vazn toifasida WBC chempioni Tayson Fyuri sabri tugab borayotganini va u imkon qadar tezroq ringga qaytishni xohlayotganini aytdi.

Ammo sobiq jahon chempioni Entoni Joshua hamda WBA, IBF va WBO yo'nalishlari bo'yicha jahon chempioni Aleksandr Usik o'zaro revansh jangini o'tkazish to'g'risida bir qarorga kelmagan. Fyuri esa so'zsiz Usik bilan jang qilmoqchi. WBC tituli uchun majburiy davogar Dillian Uayt esa u bilan jang qilishni istamayapti.

Eslatib o'tamiz, o'tgan hafta oxirida Joshua 20 million dollar evaziga Usik bilan revansh jangini o'tkazmasligi mumkinligi haqida malumot paydo bo'lgandi, biroq Joshuaning o'zi bunday kelishuv bo'lmaganini aytdi. Dillian Uayt esa WBC va Fyuri jamoasi unga chempionlik uchun jangga taklif qilayotgan summadan qoniqmayapti.

"Yana bir mashg'ulot tugadi. Tik-tak, lanati tik-tak, vaqt tugayapti. Dillian Uayt men bilan jang qiladimi? Entoni Joshua revansh jangini rad etadimi? Menga yangiliklarni ayting, chunki men bu "meshoklar"ni tomosha qilishdan va bahonalarini eshitishdan charchadim. Tik-tak. Vaqt tugayapti. Siz qo'rqoqlar yashirishni yaxshi bilasizlar", — dedi Fyuri ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan videosida.  

"Bu hafta oxirida jang qilishga tayyorman. Joshua qo'rqoq, Usik qo'rqoq, Dillian Uayt esa jang qilishni xohlamaydi, agar ular mening so'zlarimni rad etishni xohlasalar, allaqachon jang qilishsin, lanati qo'rqoqlar. Hammangiz qo'rqoq va "meshok"siz. Jang qiling, ayollarga o'xshamasdan, - davom etdi Fyuri. 

Bu qo'rqoqlardan biri jang qilishga qaror qilmaguncha, men bu videolarni chiqarishda davom etaman. Hammangiz qo'rqoqsiz, sharmandali "meshok"lar. Menga kim bilan jang qilishim muhim emas - Joshua, Usik, Dillian Uayt yoki ularning barchasi bilan. Men bilan jang qiling, men hozirgacha yashagan eng yaxshi jangchiman. Men sizlarni yo'q qilaman va taslim bo'lishga majbur qilaman. Tashqariga chiqing va jang qiling”, - dedi Fyuri.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing