23 iyu 11:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Sobiq mutlaq jahon chempioni ko'rish qobiliyatini yo'qotish xavfi sabab faoliyatini yakunladi
Professional boksda sobiq mutlaq jahon chempioni Josh Teylor (19-3, 13 KO) sog'lig'i tufayli endi ringga chiqmasligini malum qildi.
"Ko'zim bilan doimiy muammo bor edi, afsuski, bu meni istefoga chiqishga majbur qildi, aks holda ko'rish qobiliyatimni yo'qotish xavfi bor. Ichimdagi jangchi doimo boksni davom ettirishga intiladi, men shifokorlarni tinglab, o'zimni o'zimdan qutqarishim kerakligini tushundim", deb yozgan Teylor.
SHotlandiyalik bokschi 2021-22 yillarda super engil vazn toifasidagi barcha chempionlik unvonlariga egalik qilgan. 34 yoshli Josh faoliyatidagi so'nggi uchta jangda — Teofimo Lopes, Jek Ketteroll va Ekov Essumanga mag'lub bo'lgandi.
Havola :
Manba : x.com/JoshTaylorBoxer
Fikrlar