27 avg 15:40
Yangiliklar
Boks/MMA
"Ikkimizdan birimiz o'lishimiz kerak". Josh Xokit Pereyrani jangga chorladi
UFC’ning og'ir vazn toifasida mag'lubiyatsiz odimlayotgan amerikalik Josh Xokit tashkilotning ikki vaznidagi sobiq chempioni, braziliyalik Aleks Pereyrani jangga chorladi.
"Aleks qadimgi Ordenni unutib, sitxlarga sadoqat qasamyodini ichdi... Har doim ustoz va shogird bo'ladi. Yo'llarimiz kesishib, shafqatsiz yakunga olib keladi. Birimiz o'lishimiz kerak... Aleks, men sening faoliyating yakuni qanday ko'rinishini ifodalayman. Qo'rquv va og'riq — bu sening taqdiring", — deb yozdi Xokit X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog'ida.
Malumot uchun, 28 yoshli Josh Xokit UFC’da 2025 yildan buyon ishtirok etib kelmoqda. U dunyoning eng nufuzli tashkilotida jami to'rtta g'alabaga erishgan.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar