23 iyu 10:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Ukraina sporti afsonalari SHevchenko va Usik uchrashishdi + FOTO
Ukraina futbol associaciyasi prezidenti, mamlakat futboli afsonasi Andrey SHevchenko superog'ir vaznda mutlaq jahon chempioni vatandoshi Aleksandr Usik bilan uchrashdi.
Mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan 38 yoshli Usik 20 iyul kuni Londondagi "Uembli" stadionida britaniyalik Daniel Dyubuani beshinchi raundda nokautga uchratib, faoliyatida uchinchi bor mutlaq jahon chempioniga aylangan edi.
"Eski qadrdon do'stimni shunchaki tabriklagani kirdim. Dyubua ustidan qozonilgan g'alaba bilan qutlayman, chempion!" — deya o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga surat joylab, uning ostida izoh qoldirgan "Oltin to'p" sohibi SHevchenko.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar