23 iyu 13:59
Yangiliklar
Futbol

O'tgan mavsum 1 ta gol urgan APL futbolchisi SHomurodov o'rniga "Roma" hujumchisiga aylandi
Evan Fergyuson "Brayton"dan "Roma"ga o'tdi
Eldor SHomurodov bilan bir necha yillik hamkorlikdan so'ng uni Turkiya klubiga bergan "Roma" o'zbekistonlik hujumchi o'rniga Irlandiya terma jamoasi hujumchisi Evan Fergyusonni olib keldi. "Bo'rilar" Fergyusonni "Brayton"dan sotib olish huquqi (40 mln. evroga) bilan ijaraga oldi.
Fergyuson "Roma" tarixidagi birinchi irlandiyalik futbolchi bo'ladi. Yangi jamoada Evan 11-raqamni oldi.
Hujumchi o'tgan mavsum "Brayton" safida 23ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Havola :
Manba : asroma.com
Fikrlar