23 iyu 11:50
Yangiliklar
Dzyudo

Yozgi Universiada o'yinlari. Bugun ilk kungi bahslarda 4 dzyudochimizga muxlislik qilamiz
Bugun Germaniyaning Reyn-Rur shahri mezbonligida o'tayotgan talaba-sportchilar o'rtasidagi Butunjahon yozgi Universiada o'yinlarining dzyudo musobaqasi boshlanadi.
Birning vaqt bilan soat 12:00`da start oladigan ilk kungi bellashuvlarda O'zbekiston terma jamoasining 4 nafar dzyudochisi medallar yo'lidagi yurishini boshlaydi. Talaba-sportchilar hayoti va faoliyatidagi o'ziga xos Olimpiadada dzyudochilarimizga g'alaba yor bo'lsin.
Bugun tatamiga chiqadigan dzyudochilarimiz:
-48 kg: Laziza Haydarova - Erika Ortega (Ekvador)/Rishita Kareliya (Hindiston)
-52 kg: So'g'diyona Rafkatova - Buketnur Karanbulut (Turkiya)
-57 kg: SHukurjon Aminova - Tegshjargal Tsogjargal (Mo'g'uliston)/Nusa Perovnik (Sloveniya)
-60 kg: Anvarjon Ibrohimov - Brayan Rivera (Ekvador)/Elio Bellan (Livan)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar