23 iyu 12:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyuri: "Ular bilan hatto pul uchun ham jang qilmayman"
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri ikki bokschi bilan hech qachon jangga rozi bo'lmasligini aytdi.
Gap WBO yo'nalishi bo'yicha vaqtinchalik chempion Jozef Parker va WBC Interim kamari sohibi Agit Kabayel haqida ketmoqda.
"Ularning ikkisi ham zo'r yigitlar, ikkalasi ham superog'ir vazn toifasida bo'lajak jahon chempionlari. Agit Kabayel va Jozef Parker... Ularga eng yaxshi tilaklarimni tilayman. Lekin ular bilan hech qachon, har qanday summa uchun ham jang qilmayman. CHunki bunga arzimaydigan narsalar bor", dedi Fyuri.
Eslatib o'tamiz, Tayson Fyuri shu yilning yanvar oyida Usikdan uchralgan mag'lubiyatidan so'ng faoliyatini yakunlaganini elon qilgandi. Ammo u yaqindagina Aleksandrni 2026 yilning 18 aprelida "Uembli" stadionida jang qilishga chorladi.
Havola :
Manba : All Out Fighting
Fikrlar