So’nggi yangiliklar

12:34Фурқатбек Ёқубов The Ultimate Fighter 33 шоусидаги илк жангини ўтказди 0 12:13Жон Жонс UFC рўйхатидан ўчирилди 0 11:52Пара пауэрлифтинг терма жамоамиз Жаҳон кубогини 25 та медаль билан якунлади 0 11:31Франциянинг номдор жамоаларидан бири Лига 2`га тушириб юборилди 0 11:10Оғир атлетикачиларимиз ўсмирлар ва ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионатида қатнашади 0 10:49Итаума - Баколе, Ортис - Эннис, Сепеда - Круз жанглари бир оқшомда! 0 10:28Нодирбек Абдусатторов Хорватиядаги турнирда иштирок этади, Магнус Карлсен ҳам 0 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Навбатдаги 1/8 финалчилар маълум 0 09:46ИНТЕРВЬЮ. Жасур Алижонов шогирдлари иштирокидаги сўнгги воқеликлар ҳақида 0 09:25Гэтжи мухлислар билан мусобақада Ferrari 812 GTS машинасини ютиб олди 0 09:04Турки ал аш-Шейх Муроджонга ишонмаяптими? Араб пулдори Иноуэга оид кейинги режаларини айтди 0 08:43Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" "Бавария"ни мағлубиятга учратди + ВИДЕО 0 08:22Жаҳонгир Нажмиддинов ATFC 22 турнирида жанг қилади (ПОСТЕР) 0 08:01Ўзбекистон Кубогининг биринчи кун ғолиб ва совриндорлари маълум + ФОТО 0 19:36Яна бешта мамлакат World Boxing ташкилотига қўшилди 0

23 dek 21:34
Yangiliklar

Tennis

Tennischi Temur Ismoilovning 7 yilga diskvalifikaciya qilingani yuzasidan rasmiy bayonot

Bugun ko'plab internet saytlarida o'zbekistonlik tennischi Temur Ismoilovning kelishilgan o'yinlarda ishtirok etgani uchun 7 yilga sportdan chetlatilgani haqida xabarlar elon qilindi.

Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Milliy Olimpiya qo'mitasi quyidagilarni malum qiladi:

Temur CHingizovich Ismoilov 1995 yil 14 yanvarda tug'ilgan. 2013 yildan to 2017 yilgacha O'zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilgan. O'sha yili oilasi bilan birga doimiy yashash uchun AQSHga ko'chib ketganligi sababli terma jamoa safidan chiqarilgan.

T.Ismoilov haligacha AQSH fuqaroligini olmagani bois bugungacha Xalqaro tennis federaciyasi (ITF) hamda professional tennischilar associaciyasi (ATR) tasnifiga kiruvchi musobaqalarda O'zbekiston bayrog'i ostida qatnashib kelgan.

Bugun, 2020 yil 23 dekabr kuni tennis o'yinlarini tekshirishga masul bo'lgan Tennis Integrity Unit tashkiloti T.Ismoilovning ITF hamda ATR tasnifidagi turnirlarda kelishilgan o'yinlarda ishtirok etgani uchun 7 yilga sportdan chetlatilgani haqidagi qarorini matbuotda elon qildi.

Ayni paytda Temur Ismoilov tennis bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi sifatida ro'yxatda turmasligini malum qilamiz.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing