21 iyu 12:12
Yangiliklar

Berlin Tennis Open. Arina Sobolenko 4 ta matchboldan chiqib ketdi
Musobaqaning 1/4 finalida dunyoning birinchi raketkasi Arina Sobolenko WTA reytingida 11-o'rinni egallab turgan qozog'istonlik Elena Ribakinani kambek evaziga mag'lubiyatga uchratdi - 7/6(6), 3/6, 7/6(6).
Ikki set g'olibi tay-brekda aniqlanganining o'zi uchrashuvning qay darajada murosasiz kechganidan dalolat bermoqda. Arina 4 talik matchboldan chiqib ketib yakunda irodali g'alabaga erishdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Sobolenko katta farq bilan oldinda bormoqda - 7:4.
Kechagi uchrashuvda Sobolenko 6, Ribakina 14 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar 5 ga 2 nisbatida Arina, breyklar esa 6 ga 4 ko'rinishida Elena foydasiga hal bo'ldi. Endi belaruslik tennis malikasi final chiptasi uchun chexiyalik Marketa Vondroushovaga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar