30 iyu 13:59
Yangiliklar

Tennischilarimizning omadsizliklari davom etdi
Jumladan, mamlakatimizning birinchi raketkasi Humoyun Sultonov Portu CHellenjerida omadini sinab ko'rdi. Musobaqaning asosiy to'ridagi ilk bosqich doirasida namanganlik raketka ustasi Tunis vakili Moez Echarguiga qarshi kortga chiqdi va 1:2 (7/6, 4/6, 4/6) hisobida imkoniyatni boy berdi.
Bu o'yingacha Sultonov ATP reytingida 266, Echargui esa 312-o'rinni band etib turgandi.
Bundan tashqari, shu kunlarda Qozog'istonning Astana shahrida ham CHellenjer tasnifidagi xalqaro ATP turniri o'tkazilyapti. Turnirning saralash bahslarida Amir Milushev (ATP-1330) neytral maqomdagi sportchi Maksim Jukovga (ATP-655) 1:2 (0/6, 6/3, 1/6) hisobida mag'lub bo'ldi. Ilk bosqichdan bahslarga qo'shilgan Maksim SHin (ATP-1005) esa birinchi o'yininining o'zida imkoniyatni boy berib qo'ydi. U malayziyalik Mitsuki Vey Kang Leong (ATP-668) oldida ojiz qoldi — 0:2 (5/7, 2/6).
Fikrlar