08 sen 14:24
Yangiliklar

ATP reytingida peshqadam o'zgardi, Jokovich ko'tarildi. Sultonov 71 pog'onaga pastladi
Yangilangan reytingdan hamon 7 nafar tennischimiz joy olgan. Mamlakatimizning birinchi raketkasi Humoyun Sultonov 29 ochko yo'qotishi natijasida 71 pog'onaga pastlab, ayni paytda 402-o'rindan joy olgan. To'rtinchi raketkamiz Amir Milushev 76 pog'onaga pastladi. Maksim SHin 15, Damir Abdusamadov 3 o'ringa yuqoriladi. Afsuski, qolgan tennischilarimiz reytingda pastlashdi. Ikkinchi raqamli tennischimiz Sergey Fomin 9, Botir Sapaev 14, Abdulaziz Usmonjonov 5 o'rin quyiga sho'ng'igan.
Dunyo tennischilarining Top-10`taligida bir nechta o'zgarish kuzatildi. US Open chempioni Karlos Alkaras reyting peshqadamiga aylanib oldi. Finalda yutqazgan Yannik Sinner endi dunyoning ikkinchi raketkasi. AQSH Ochiq chempionati yarim finalchisi Novak Jokovich 7-pog'onadan 4-o'ringa ko'tarildi.
ATP reytingi. 8 sentyabr kun holatiga ko'ra Top-10:
1. (2) Karlos Alkaras (Ispaniya) - 11540 ochko
2. (1) Yannik Sinner (Italiya) - 10780
3. (3) Aleksandr Zverev (Germaniya) - 5930
4. (7) Novak Jokovich (Serbiya) - 4830
5. (4) Teylor Fric (AQSH) - 4675
6. (6) Ben SHelton (AQSH) - 4280
7. (5) Jek Dreyper (Buyuk Britaniya) - 3690
8. (8) Aleks De Minaur (Avstraliya) - 3545
9. (10) Lorenco Muzetti (Italiya) - 3505
10. (9) Karen Xachanov (Rossiya) - 3280...
O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:
402 (331). Humoyun Sultonov - 122 (-29)
492 (483). Sergey Fomin - 86 (-1)
1002 (1017). Maksim SHin - 15 (+1)
1343T (1267T) Amir Milushev - 5 (-1)
1815T (1801T). Botir Sapaev - 1
1904T (1899T) Abdulaziz Usmonjonov - 1
2062T (2065T). Damir Abdusamadov - 1
Fikrlar