15 sen 12:03
Yangiliklar
Boks/MMA

Turki ash SHayx Kaneloga: "Bundan ham kuchliroq bo'lib qaytishingga shubham yo'q"
Saudiya Arabistoni Ko'ngilochar ishlar boshqarmasi raisi Turki ash SHayx ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida Terrens Kroufordning Saul Alvares ustidan qozongan g'alabasiga izoh berdi.
"Terens Kroufordni tarixiy g'alabasi va super o'rta vazn toifasidagi mutlaq chempionlik unvoni bilan tabriklaymiz. U uch xil vazn toifasida so'zsiz chempion bo'lgan birinchi jangchi bo'ldi! SHuningdek, ajoyib jang ko'rsatgan Saul Alvares "Kanelo"ga ham katta rahmat. Bundan ham kuchliroq qaytishingga shubham yo'q!", deb yozgan ash SHayx.
Kecha bo'lib o'tgan qarama-qarshilikda Krouford Alvaresni ochkolar hisobiga ko'ra taslim etgandi.
Havola :
Manba : fightnews.info
Fikrlar