15 sen 11:00
Yangiliklar
Engil atletika

SHohruh Davlatov Jahon chempionatida mavsumdagi eng yaxshi natijasini ko'rsatdi
Yaponiyaning Tokio shahri mezbonlik qilayotgan engil atletika bo'yicha XX Jahon chempionatida erkaklar o'rtasidagi marafon bahslarining final bosqichi bo'lib o'tdi.
Unda O'zbekiston terma jamoasi azosi, Parij-2024 Olimpiadasi ishtirokchisi SHohruh Davlatov ham qatnashdi va marrani 37-bo'lib kesib o'tdi. CHempionatdagi ishtirokini yakunlagan atletimiz 2:18:04 natija bilan joriy mavsumdagi eng yaxshi natijasini ko'rsatdi.
Yakuniy natijalar:
1. Alfons Feliks Simbu — Tanzaniya —(2:09:48)
2. Amanal Petros — Germaniya — (2:09:48)
3. Iliass Auani — Italiya — (2:09:53)
...
37. SHohruh Davlatov — O'zbekiston — (2:18:04).
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar