So’nggi yangiliklar

09:56Бугун икки боксчимиз World Boxing Кубогида рингга чиқади 0 09:35Клублар ўртасидаги ЖЧ. “Бавария“ 1/4 финалда! Бизни даҳшат учрашув кутмоқда + ВИДЕО 0 09:14Топурия янги вазндаги илк чемпионлик ҳимоя жангини қачон ўтказишини айтди 0 08:53"Биз нишонлаяпмиз" — Ислам Махачев Топуриянинг ғалабасини хачапури ва груз тархуни билан нишонлади + ФОТО 0 08:32Чарльз Оливейра кечаги даҳшатли нокаутдан кейин илк бор интервью берди 0 19:12Дел Пьеро клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида ким ғолиб бўлишини тахмин қилди 0 18:51Азамат Нуфтиллаевнинг жанги чемпионлик камари учун бўлади 0 18:30"UzChessCup" ғолиб ва совриндорлари мусобақа орқали қанча пулга эга чиқишди? 0 18:07Ишониш қийин: Жейк Пол бугун рақибига нисбатан камроқ пул ишлаб олди 0 17:46Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас" 0 17:25Царукян: "Оливейра титул учун жанг қилишга нолойиқ эди" 0 17:03Илк бор академик эшкак эшувчимиз Жаҳон кубогида шоҳсупага кўтарилди 0 16:42Қозоғистон ўз уйида ўтадиган Жаҳон кубоги учун таркибларини эълон қилди 0 16:21Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин 0 15:59Арман Царукян UFC раҳбарияти қароридан норози 0

04 apr 18:53
Yangiliklar

Kurash

Termizda Prezident sovrini uchun kurash musobaqasi o'tkaziladi

Teglar :  At-TermiziyKurash
10-11 aprel kunlari Termiz shahrida kurash bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Al Hakim at-Termiziy xotirasiga bag'ishlab o'tkaziladigan ananaviy XV xalqaro turnir bo'lib o'tadi.

1993 yildan buyon har ikki yilda o'tkazib kelinayotgan turnirda shu kunga qadar dunyoning eng nomdor polvonlari ishtirok etishgan.

Bu safargi musobaqada hozircha 30ga yaqin davlatdan 50 nafardan ortiq polvonlar ishtirok etish istagini bildirishgan.

Xalqaro turnirda erkaklar -60, -66, -73, -81, -90 kg., ayollar esa -48, -57, -63, -70, +70 kg. vazn toifalarida o'zaro bellashadi. SHuningdek, musobaqada mutlaq vazn toifasida ham bellashuvlar tashkil etiladi.

Al-Hakim At-Termiziy Xalqaro turnirining umumiy mukofot jamg'armasi 100 ming dollarini tashkil etib, har bir vazn toifasida g'oliblarga 3 000 AQSH dollari, 2-o'rinlar uchun 2 000 AQSH dollari hamda ikkita 3-o'rin sohiblari 1 000 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofotini qo'lga kiritishadi.

Mutlaq vaznda g'olib bo'lgan polvon O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini – 10 000 AQSH dollariga sazovor bo'ladi. 2-o'rin sohibi 5 000 dollar, ikkita 3-o'rin sohiblari 3 500 dollardan, jami 22 000 dollar miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanishadi. Mutlaq vazn toifasidagi 4 nafar chorak final omadsizlarining har biriga esa 2 000 dollardan jami 8 000 dollar pul mukofoti tasis etilgan.

XV bor tashkil etilayotgan ushbu musobaqa ham har doimgidek qiziqarli, murosasiz va kuchli raqobat ostida o'tishiga shubha yo'q.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing