So’nggi yangiliklar

19:36Яна бешта мамлакат World Boxing ташкилотига қўшилди 0 19:15"Насаф" ОЧЛ Элитда кимлар билан ўйнайди? 0 18:53Сен-Пьер Дана Уайт Хабиб борасида ёлғон гапирганини айтди 0 18:31Андижонда дзюдо бўйича катталар ўртасида Ўзбекистон Кубоги бошланди + ФОТО 0 18:17Топурия Пимблетт ҳақида: "Мен бу "блондинка"ни дўппослайман" 0 17:52Нассурдин Имавов Кайо Борральо билан жанг қилади 0 17:25Шомуродовга А Серия жамоасидан таклиф бор 0 17:02Усик промоутери билан ҳамкорликни тўхтатди 0 16:38Мураббий Нганнунинг нима учун UFC'га қайтмаслигини тушунтирди 0 16:16Ўзбекистон боксчилари Астанадаги Жаҳон кубогида қатнашади, лекин... 0 15:54Раулнинг навбатдаги манзили Испания U-21 термаси бўлиши мумкин — музокаралар бошланди 0 15:32Топурия ва Оливейра ўзаро жангдан қанча гонорар ишлаб олиши маълум бўлди 0 15:11"У чарчади". Топурия Махачевнинг UFC'да ярим ўрта вазнга ўтиши сабабини айтди 0 14:50Хабиб Нурмагомедов фаолиятини якунлаган Жон Жонсга мурожаат қилди 0 14:29"Бавария" дортмундликлар юлдузини сотиб олмоқчи 0

18 dek 08:27
Yangiliklar

Futbol

“The Best-2020”. Barcha nominaciyalardagi g'oliblar bilan tanishing + FOTO

Teglar :  The Best-2020FIFA
FIFA tomonidan yilning eng yaxshilarini aniqlash maqsadida onlayn tarzda ovoz berish marosimi bo'lib o'tdi.

Unda quyidagi nominaciyalar bo'yicha g'oliblar aniqlandi:

ERKAKLAR O'RTASIDA

Yilning eng yaxshi darvozaboni: Manuel Noyer ("Bavariya")

Qolgan nomzodlar – Alisson Beker ("Liverpul") va Yan Oblak ("Atletiko")

Yilning eng yaxshi murabbiyi: Yurgen Klopp ("Liverpul")

Qolgan nomzodlar – Xans-Diter Flik ("Bavariya") va Marselo Belsa ("Lids")

“Pushkash mukofoti” – yilning eng chiroyli goli: Son Xyon Min (“Tottenxem” safida “Byornli”ga)

Qolgan nomzodlar – Luis Suares (“Atletiko”, “Barselona” tarkibida “Malorka” darvozasiga urilgan gol) va Jorjian de Arraskaeta ("Flamengo” safida “Saera”ga)

Yil ramziy terma jamoasi

Darvozabon: Alisson Beker

Himoyachilar: Trent Aleksandr-Arnold, Virjil van Deyk, Serxio Ramos, Alfonso Devis

Yarim himoyachilar: Yozua Kimmix, Kevin de Bryuyne, Tyago Alkantara

Hujumchilar: Robert Levandovski, Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi

Yilning eng yaxshi futbolchisi: Robert Levandovski (“Bavariya”)

Qolgan nomzodlar – Krishtianu Ronaldu ("Yuventus") va Lionel Messi ("Barselona")

AYOLLAR O'RTASIDA

Yilning eng yaxshi ayol darvozaboni: Sara Buaddi (“Lion”, Franciya).

Qolgan nomzodlar – Kristiana Endler (PSJ, CHili) va Alissa Nixer (“CHikago Red Stars”, AQSH)

Yilning eng yaxshi ayollar jamoasi murabbiyi: Sarina Vigman (Niderlandiya terma jamoasi, Niderlandiyadan)

Qolgan nomzodlar – Emma Xayes (“CHelsi”, Angliya) va Jan-Lyuk Vasser (“Lion”, Franciya).

Yil ramziy terma jamoasi (ayollar)

Darvozabonlar: Kristiana Endler 

Himochilar: Lyusi Bronz, Vendi Renar, Milli Brayt

Yarim himoyachilar: Tobin Xit, Veronika Bokete, Barbara Bonansea, Megan Rapino

Hujumchilar: Delfin Kaskarino, Viviann Midema, Pernilla Xarder.

Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi: Lyusi Bronz (“Manchester Siti”, Angliya).

Qolgan nomzodlar – Pernilla Xarder (“CHelsi”, Daniya) va Vendi Renar (“Lion”, Franciya).

MAXSUS MUKOFOTLAR

"Feyr pley" sovrini “Ospedaletti Kalcho”ning 17 yoshli futbolchisi Mattia Agnesega nasib etdi. Italiyalik "Union Sportivo Kayrese"ga qarshi bahsda raqib futbolchisi xushini yo'qotganidan so'ng, unga birinchi yordamni ko'rsatib, qahramonga aylangandi. Qayd etish joiz, Agnese 17 yoshida Italiya shon-sharaf zalidan ham joy oldi.

Yilning eng yaxshi muxlisi sovrinini braziliyalik Marivaldo Fransisko da Silva qo'lga kiritdi. U sevimli jamoasi “Resife”ning o'yinlarini ko'rish uchun 60 km piyoda yo'l bosib o'tgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing