18 iyu 11:53
Yangiliklar

Furqatbek Yoqubovning TUF 33 shousidagi ilk raqibi qozog'istonlik jangchi bo'ladi! (VIDEO)
Bugun tongda loyihaning to'rtinchi soni efirga uzatildi.
Bu safar yarim o'rta vazn toifasida Daniel Kormening jamoasidagi amerikalik Jeff Kreyton CHeyl Sonnenning irlandiyalik shogirdi Andreas Binderga qarshi oktagonga ko'tarildi. Bahsda Kreyton g'alaba qozondi. Yodingizda bo'lsa, ushbu diviziondagi ilk yarim finalchi ham Kormening jamoasidan bo'lgandi (Daniil Donchenko).
Ahamiyatlisi, 25 iyun kuni namoyish etiladigan beshinchi sonda o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Furqatbek Yoqubov Qozog'iston vakili Alibi Idris bilan jang qilishi malum bo'ldi. Bahs chorak final bosqichi doirasida o'tkaziladi.
Malumot uchun, Yoqubovning divizionida Kormening jamoasidan amerikalik Jozef Morales hamda o'z sheriklaridan meksikalik Imanol Rodriges yarim final masalasini hal qilgandi.
Fikrlar