So’nggi yangiliklar

19:12Дел Пьеро клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида ким ғолиб бўлишини тахмин қилди 0 18:51Азамат Нуфтиллаевнинг жанги чемпионлик камари учун бўлади 0 18:30"UzChessCup" ғолиб ва совриндорлари мусобақа орқали қанча пулга эга чиқишди? 0 18:07Ишониш қийин: Жейк Пол бугун рақибига нисбатан камроқ пул ишлаб олди 0 17:46Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас" 0 17:25Царукян: "Оливейра титул учун жанг қилишга нолойиқ эди" 0 17:03Илк бор академик эшкак эшувчимиз Жаҳон кубогида шоҳсупага кўтарилди 0 16:42Қозоғистон ўз уйида ўтадиган Жаҳон кубоги учун таркибларини эълон қилди 0 16:21Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин 0 15:59Арман Царукян UFC раҳбарияти қароридан норози 0 15:38Уайт Махачев - Маддалена жанги қаерда ўтказилишини айтди 0 15:16Пантожа: "P4P рейтингида юқорироқ ўринга муносибман" 0 14:52Царукян: "Мен Топурияни финиш қила оламан" 0 14:28МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди 0 14:06Царукян енгил вазнда навбатдаги даъвогар бўладими? Дана Уайт жавоб берди 0

30 mar 19:40
Yangiliklar

Dzyudo

Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik muhokama qilindi + FOTO

Teglar :  OlimpiadaDzyudo
Bugun O'zbekiston dzyudo federaciyasida Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik masalalariga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisi o'rinbosarlari Azizjon Kamilov, SHerzod Tashmatov, mamlakat dzyudo federaciyasi raisi o'rinbosarlari Zafar Mamajonov, Alisher Narbaev, federaciya mutasaddilari ishtirok etdi. 

Yig'ilishda ko'rilgan birinchi masala - bu Tokio Olimpiadasigacha qolgan musobaqalardagi terma jamoamiz azolarining ishtiroki mavzusida bo'ldi. Oldinda dzyudochilarimizni Antaliya va Qozon "Katta Dubulg'a" turnirlari, Bishkekda o'tadigan Osiyo chempionati hamda Budapesht mezbonlik qiladigan jahon chempionati kutib turibdi. 

Nomlari tilga olingan musobaqalarning bari Olimpiya o'yinlari licenziyalari yo'lida qimmatli ochkolarni taqdim etadi. Bugungi yig'ilishda dzyudochilarimizning ushbu musobaqalardagi muvaffaqiyatli ishtirokini taminlash, maksimal darajada reyting ochkolari jamg'arib borish lozimligi uqtirildi. 

Yosh dzyudochilarimizning Toshkent va Tbilisi "Katta Dubulg'a" turnirlaridagi muvaffaqiyatli ishtiroki ham tilga olinib, bundan keyin ham yoshlarga ko'proq etibor qaratish kerakli aytildi. 

Ikkinchi masala - bu O'zbekiston Mudofaa vaziri Kubogini o'tkazish va bu musobaqani federaciyaning yillik taqvim rejasiga kiritish ko'rib chiqildi. Reja bo'yicha ilk O'zbekiston Mudofaa vaziri Kubogi shu yil may oyida o'tkaziladi. Unda yosh dzyudochilar ishtirok etadi. Avvaliga viloyatlarda saralash turniri tashkil etiladi. G'olib va sovrindorlar esa musobaqaning respublika bosqichida qatnashish huquqini qo'lga kiritadi. 

Yig'ilish so'nggida muhokama qilingan masalalar bo'yicha masullarga tegishli ko'rsatmalar berildi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing