So’nggi yangiliklar

18:39Исраэль Адесанья кейинги жангини қачон ва кимга қарши ўтказмоқчи эканини айтди 0 18:17"Барселона" Ямалга 10-рақамни беришга қарор қилди 0 17:52"Жонсни қочди деб ўйламайман, у шунчаки ММАдан кетмоқчи эди" - Илия Топурия 0 17:25Андижонда Ўзбекистон кубоги якунланди, сўнгги кун оғир вазнда ғолиблар аниқланди + ФОТО 0 17:01Махачев ўзи ҳақиқатдан ҳам ҳурмат қиладиган икки рақибни айтди — у Царукян ва Оливейра эмас 0 16:38Месси MLS юлдузлари ўйинида қатнашади 0 16:16"У албатта қайтади". Собиқ чемпион Жон Жонснинг кетганига ишонмайди 0 15:52Илия Топурия қайси рақибни ўзига муносиб деб ҳисоблашини айтди 0 15:29UzChess Cup сўнгги тури якунланди. Уч шахматчи бир хил очко жамғарди. Энди нима бўлади? 0 15:20"Манчестер Сити"га эгалик қиладиган "City Football Group" Ўзбекистонда ўз клубига эга бўлиши мумкин 0 14:59Қозоғистон бокс терма жамоаси Головкиннинг мураббийини ортга қайтарди 0 14:38Эркин курашчиларимиз U-17 Осиё чемпионатини кучли учликда якунлади 0 14:17Шаҳрам Ғиёсов янгиланган The Ring рейтингида нечанчи ўриндан жой олди? 0 13:56"Барселона" футболчиси "Мальорка"га ўтишга яқин 0 13:35Жейк Пол: "WBA ва WBC мени рейтингга киритиш устида ишламоқда" 0

13 noy 08:32
Yangiliklar

Tokio-2020

Tomas Bax: NBA o'yinchilari Tokio Olimpiadasida ishtirok etishlari mumkin

Teglar :  Tokio-2020Tomas Bax
Xalqaro olimpiya qo'mitasi prezidenti Tomas Bax Tokioga tashrif buyurdi.

XOQ rahbari tashrifdan asosiy maqsad – ishtirokchilarning 2021 yil yozida Olimpiadani o'tkazishga bo'lgan ishonchini oshirishga xizmat qilajagini yashirmadi.

Tashrif munosabati bilan o'tkazilgan matbuot anjumanida 22 dekabrdan yangi mavsumi boshlanadigan Milliy basketbol associaciyasi (NBA) o'yinchilari 2021 yilgi Tokio Olimpiadasida ishtirok etishlari mumkin, deya takidlagan.

«Bugun xushxabar oldik. NBA komissari associaciya bilan yangi mavsum 22 dekabrda boshlanishi borasida kelishuvga erishdi. Bu dunyoning eng yaxshi basketbolchilariga Tokio Olimpiadasida qatnashish imkoniyatini beradi. Bu nafaqat o'yinchilar, balki olimpiya harakatining ham istagidir», deya urg'u bergan Bax.

11 noyabr kuni NBA muntazam chempionati yangi yildan oldin boshlanishi malum bo'ldi. Associaciyadagi klub vakillari mavsumni 22 dekabrda boshlashga qaror qilishdi. Har bir jamoa doimiy mavsumda 72tadan o'yin o'tkazishi kutilmoqda.

SHuningdek, Tomas Bax Tokio Olimpiadasining barcha ishtirokchilari va tashkilotchilari xavfsiz bo'lishi, bunga erishish uchun juda ko'p vositalar, shu jumladan, vakcinalar ham etarli ekanini takidladi.

«Sizlarni sport tadbirlari xavfsiz muhitda o'tishiga ishontirmoqchiman. Buning uchun juda katta vositalar to'plami mavjud. Masalan, vakcinalar. O'yinlarning barcha ishtirokchilari va tashkilotchilari himoyamizda bo'lishadi. Tokio xalqaro musobaqalarga mezbonlik qilish ishtiyoqini namoyish qila oldi. Qariyb 9 oydan so'ng bizda zamonaviy vositalar, jumladan vakcinalar bo'ladi. Bu ishonchni tobora oshiradi», – dedi jurnalistlarga Bax telekonferenciya chog'ida.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing