So’nggi yangiliklar

18:57Али Абдел-Азиз: "Перейра UFC лойиҳаси, уни сунъий равишда шиширишган" 0 18:36"Челси" Клублар ўртасидаги ЖЧда қанча ишлаб олди? 0 18:15DCC: "UFC`да бундан каттароқ жангни тасаввур қила олмаяпман" 0 17:54Санжар Зокировга чемпионлик жанги таклиф қилинди 0 17:33Богачук кейинги жангини Канело — Кроуфорд оқшомида ўтказади 0 17:12Дарвозабон излаётган МЮда 2 та вариант бор 0 16:51Теннисчимиз янгиланган WTA рейтингида 104 поғонага кўтарилди, Топ-10`да янгилар 0 16:30Дастин Порье: "Катта шов-шув билан кетмоқчиман, лекин бу чокларсиз бўлмайди" 0 16:09Аълохон Абдуллаев Шоҳжаҳон Эргашев ташкил этаётган бокс турнирининг марказий жангида рингга чиқади + (Тўлиқ кард) 0 15:48ДХХ кубогининг Тошкент вилоят босқичи ғолиби аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:27Боксчи қизларимиз Хитойга йўл олишди 0 15:06Спортчилар ижтимоий тармоқларда қайтди 0 14:45Менежер Анкалаев - Перейра реванши қачон бўлишини айтди 0 14:24“Барселона“ яна бир ТОП футболчи учун курашда енгилди 0 14:03Дастин Порье қайси рақибларининг зарбаси энг кучли бўлганини айтди 0

22 noy 08:48
Yangiliklar

Boshqalar

“Toshkent-2025” loyihasi OOK Bosh Assambleyasida ulkan etibor qozondi

Teglar :  Otabek Umarov
BAAning Dubay shahrida Osiyo Olimpiya kengashining (OOK) yubiley 40-Bosh Assambleyasi bo'lib o'tmoqda.

Malum qilganimizdek, unda tashkilot vice-prezidenti Otabek Umarov, O'zbekiston MOQ Bosh kotibi, «Toshkent-2025» direkciyasi direktori Oybek Kasimov hamda Qo'mita raisining o'rinbosari Azizjon Kamilov ishtirok etishyapti.

Otabek Umarov Assambleyadagi chiqishida mamlakatimizda Prezidentimiz boshchiligida barpo etilayotgan Yangi O'zbekiston rivoji, unda jismoniy tarbiya va sport, sog'lom turmush tarzi targ'ibotiga qaratilayotgan etibor xususida gapirib o'tdi.

Kun tartibiga muvofiq, maruzachilar yaqin vaqt ichida qitamizda kutilayotgan yirik kompleks musobaqalarga tayyorgarlik bo'yicha o'z taqdimotlarini namoyish etishdi. Ular orasida delegaciyamizning “Toshkent-2025” IV yoshlar Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik bo'yicha tayyorlagan taqdimot va rolik ko'pchilikning diqqat-markazida bo'ldi. 

Boisi, Toshkent mezbonligida o'tadigan ushbu sport bayrami dasturiga har qachongidan ham ko'proq sport turlari kiritilishi rejalashtirilgan. Bu borada Oybek Kasimov o'z taqdimotida qitadoshlarimizga batafsil malumot berdi. Jumladan, taqdimotdan avval O'zbekiston haqida umumiy malumotlar, uning sportdagi qudratini o'zida mujassam qilgan maxsus rolik namoyish etildi. 

Eslatib o'tamiz, yoshlar o'rtasida ushbu musobaqadan so'ng ilk bor para-atletlarning ham bellashishi ko'zda tutilgan.

SHuningdek, Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari, Tailandning Bangkok va CHonburi shaharlarida o'tadigan Jang sanati va yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlari va boshqa kompleks musobaqalarning tashkiliy qo'mitalari ham yig'ilganlarni o'z taqdimotlari bilan tanishtirdi.

Tadbir davomida OOKning mutasaddilari qitamizda Olimpizm g'oyalarini yanada keng targ'ib qilish bo'yicha rejalar barobarida tashkilotning sportchilar, moliya, tibbiyot, etika kabi yo'nalishlarida yil yakunlariga bag'ishlangan hisobot qilishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing