So’nggi yangiliklar

09:15Бивол: "Кроуфорд ҳозир дунёнинг энг яхши боксчиси" 0 08:54Криштиану Роналду яна бир рекордни такрорлади 0 08:33Хавьер Мендес: "ММА Доғистонда биринчи рақамли спорт тури, бунга Хабиб ва унинг отаси сабабчи" 0 08:12Мамлакат рекордчиси Элдорбек Усмонов пул мукофоти билан тақдирланди 0 07:51Бугун Зарруҳ Адашев уч йиллик танаффусдан кейинги илк жангини ўтказади 0 07:30U-23 Осиё кубоги. Финал босқичига йўл олган барча жамоалар номи маълум 0 02:05Акмалжон Исроилов ЖЧдаги илк жангини ўтказди 0 01:49Асадхўжа Мўйдинхўжаев ЖЧнинг чорак финал йўлланмасига эга чиқди 0 00:13Шодиёржон Мелиқўзиев ҳам ЖЧ чорак финалига йўл олди 0 23:37Бокс. Ўзбекистон ЖЧдаги илк медални нақд қилди! 0 22:48Ғалабали серия давом этади: Сабина Бобоқулова ҳам ЖЧ кейинги босқичида 0 19:20Жавоҳир Умматалиев чорак финалга йўл олди, навбатдаги рақиб жиддий! 0 18:29ЖЧ-2025. Миразизбек Мирзахалилов эронлик рақибига дарс бериб қўйди - боксчимиз чорак финалда! 0 18:21Ла Лигада август ойининг энг яхши мураббийи маълум 0 18:00Исроил Мадримов қозоғистонлик бокс юлдузига қарши жанг қилишга тайёр 0

17 jan 14:22
Yangiliklar

Gimnastika

Toshkent badiiy va sport gimnastikasi bo'yicha licenzion Osiyo chempionatlariga mezbonlik qiladi

14-16 yanvar kunlari Qatar poytaxti Doxa shahrida Osiyo gimnastika ittifoqining (AGU) navbatdagi hisobot-saylov konferenciyasi bo'lib o'tdi.

Tadbirning birinchi kuni Ijroiya qo'mitaning yig'ilishi doirasida texnik masalalar, jumladan, 2023-2024 yillarda gimnastikaning barcha yo'nalishlari bo'yicha Osiyo chempionatlarini o'tkazishga nomzod davlatlar masalasi ko'rib chiqildi. 

Ovoz berish natijalariga ko'ra, O'zbekiston gimnastika federaciyasi mamlakatimizda quyidagi musobaqalarni o'tkazish huquqini qo'lga kiritdi:

1. Akrobatika bo'yicha Osiyo chempionati – 2023 yil oktyabr;

2. Sport gimnastikasi bo'yicha XXXIII yozgi Olimpiya o'yinlariga yo'llanma beruvchi yoshlar va kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati – 2024 yil may;

3. Badiiy gimnastikasi bo'yicha XXXIII yozgi Olimpiya o'yinlariga yo'llanma beruvchi yoshlar va kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati – 2024 yil may;

4. Sport gimnastikasi murabbiylari uchun o'quv kursi – 2023 yil;

5. Parkur murabbiylari uchun o'quv kursi – 2023 yil.

AGU Bosh Assambleyasi davomida Osiyo gimnastika ittifoqi prezidenti, AGU vice-prezidentlari (zonalar bo'yicha), Ijroiya qo'mita azolari, gimnastika yo'nalishlari bo'yicha texnik qo'mitalar rahbarlari ham ovoz berish yo'li bilan aniqlandi. Ovoz berish natijalariga ko'ra, Rahmon Al SHatri (Qatar) AGU prezidenti etib qayta saylandi.


O'zbekiston gimnastika federaciyasining bir qator vakillari AGUda turli lavozimlarga saylanishdi:

1. AGUning badiiy gimnastika bo'yicha texnik qo'mitasi rahbari – Go'zal Mo'minova, O'zbekiston gimnastika federaciyasining (O'GF) birinchi vice-prezidenti vazifasini bajaruvchi;

2. AGU vice-prezidenti, Markaziy va Janubiy mintaqalar bo'limi rahbari – Timur Abduvaliev, O'GF bosh kotibi;

3. Gimnastika hamma uchun texnik qo'mitasi azoligiga – Yuliya Rodimceva, O'GF gimnastika hamma uchun bo'limi rahbari;

4. Erkaklar sport gimnastikasi bo'yicha texnik qo'mita azoligiga – Ravshan Mirzaev, O'GF sport gimnastikasi (erkaklar) texnik bo'limi rahbari;

5. Ayollar sport gimnastikasi bo'yicha texnik qo'mita azoligiga – Stella Koshechkina, O'GF sport gimnastikasi (ayollar) texnik bo'limi rahbari;

6. Trampolin bo'yicha texnik qo'mita azoligiga – Ekaterina Xilko, Trampolin bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi murabbiyi.

Takidlash joiz, O'zbekiston va Yaponiya AGUga azo 39 mamlakat orasida tashkilotda eng ko'p vakillari saylangan mamlakatlar bo'lishdi. Bundan tashqari, 4 mintaqadan tashkil topgan AGUning Markaziy va Janubiy hududini Timur Abduvaliev boshqaradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing