So’nggi yangiliklar

01:48Жаҳонгир Зокиров ҳам Жаҳон чемпионатида муваффақиятли старт олди 0 23:50Шодиёр Мелиқўзиев ЖЧни нокаутли ғалаба билан бошлади 0 22:52Бокс. Ҳуморабону Мамажонова ҳам ЖЧни ғалаба билан бошлади 0 21:28CAFA Nations Cup - 2025. Ўзбекистон Қирғизистонни йирик ҳисобда мағлуб этди ва финалга йўл олди 0 18:11ФОТО: Ўзбек бокси юлдузларининг болаликда тушган суратларини кўрганмисиз? 0 17:46Тошкентда Сквош ва Падел федерацияси тантанали равишда очилди 0 17:05Бектемир Мелиқўзиев қўллаб-қувватлаш мақсадида Муроджон Аҳмадалиевнинг ёнига борди (ВИДЕО) 0 16:39Инсайд тасдиқланди: Ўзбекистон МТЖ 2 карра жаҳон чемпиони билан ўйнайди 0 16:16"Чимаев билан жанг тарихий бўлади" - Имавов 0 15:51UFC Paris турнири иштирокчилари тарозига чиқди: битта жанг бекор бўлди 0 15:25"Ўзимни ажойиб ҳис қиляпман". 39 ёшли Деонтей Уайлдер яна 10 йил жанг қилиш ниятида 0 15:01Месси Жаҳон чемпионатида қатнашадими? 0 14:39"Усик фаолиятини якунлаши керак" - мураббий 0 14:17"Бу унинг соғлигига таъсир қилади". Майк Тайсон — Флойд Мейвезер билан жанг ҳақида 0 13:55"Бу кўргазмали жанг мухлисларга улар хоҳлаган нарсани беради". Мейвезер — Тайсон билан жанг ҳақида гапирди 0

04 dek 10:32
Yangiliklar

Tadbirlar

Toshkent viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi nogironlar kuniga atab bir nechta tadbir o'tkazdi

Yurtimizda 3 dekabr - Xalqaro nogironlar kuni keng nishonlandi.

Har yili 3 dekabrda nogironligi bo'lgan shaxslar kunining nishonlanishidan asosiy maqsad, butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar sog'lom insonlar bilan teng huquqlilik asosida ishtirok etishini, nogironlarning manfaatlari, huquqlari inobatga olinishini, barcha mamlakatlarda nogironlarning qadr-qimmatini himoyalovchi qonunlar va tartib-taomillarning joriy etilishini taminlab, barcha uchun ochiq va do'stona bo'lgan jamiyat qurishdan iboratdir.

Mamlakatimizda ham nogironligi bo'lgan insonlarning manfaatlarini himoya qilish, ularni jamiyatimizning to'laqonli azosi ekanliklarini ko'rsatish va his qildirish maqsadida turli tadbir va islohotlar amalga oshirilib kelinadi.

Xususan, 3 dekabr - Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Toshkent viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi ham viloyat bo'yicha xayrli tadbirlarni amalga oshirdi. Aynan mazkur boshqarma tashabbusi bilan Xalqaro nogironlarni kuniga bag'ishlab viloyatning barcha tuman va shaharlaridagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan yordamchi maktablarda tarbiyalanayotgan o'quvchilar uchun "Quvnoq startlar" o'yinlari, shaxmat-shashka kabi sport turlari bo'yicha o'ziga xos qiziqarli sport tadbirlarini tashkil etishdi va yakunda ishtirokchi bolalarga turli xil sovg'alar ulashildi.

Jumladan, ushbu sport tadbiri CHirchiq shahridagi 23-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan yordamchi maktabda ham o'zgacha shukuh bilan o'tkazildi. CHirchiq sport maktabi tomonidan uyushtirilgan shaxmat-shashka bellashuvlarida esa o'quvchilar bor mahoratini namoyon etishdi. 

Tadbir so'nggida Toshkent viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi tomonidan ajratilgan sport kiyimlari jamlanmasi o'quvchilarga berilgani ular uchun ajoyib sovg'a bo'ldi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing