05 sen 06:54
Yangiliklar

Poytaxtimizda "Butunjahon taekvondo kuni"ga bag'ishlangan sport festivali o'tkazildi
Unda MOQ raisi o'rinbosari, O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi raisi SHerzod Tashmatov, sportimiz rahbariyati vakillari, taekvondo WT bo'yicha milliy terma jamoa azolari va murabbiylar, shuningdek, yosh sportchilar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida majmua uchun maxsus ishlab chiqilgan, taekvondoga ixtisoslashgan onlayn dastur namoyish etildi. "Tashkent City Mall" majmuasiga tashrif buyurganlar ushbu dasturdan foydalanish barobarida sportimiz bo'yicha barcha malumotlar, jumladan, o'zi istagan hududdagi taekvondo klublari haqida malumot olishlari imkoni yaratilgan.
Bundan tashqari, festival doirasida qiziqarli viktorina ham tashkillashtirildi. Unda taniqli sportchilar o'zlari tuzgan savollarni yo'llashdi, to'g'ri javob topganlarga esa associaciyamizning esdalik sovg'alari topshirildi.
Fikrlar