So’nggi yangiliklar

18:38Дана Уайт Жон Жонсни Оқ уйдаги UFC турнирида кўрмоқчи эмас 0 18:17Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда 0 17:53Александр Усик Канело — Кроуфорд жанги учун ўз тахминини айтди 0 17:28Турки аш Шайх Канелонинг Кроуфорд билан жангда қанча пул олишини айтди 0 17:05Дана Уайт Канело — Топурия эҳтимолий бокс жанги ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 16:43"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди 0 16:21Сабина Бобоқулованинг қозоғистонлик рақибга қарши жанги якунланди 0 16:07Конор Оқ уйда ўтказиладиган UFC турнирида иштирок этишини тасдиқлади 0 15:46Олимпиада чемпиони Гейбл Стивсон ММАда дебют қилди 0 15:25"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум 0 15:04Хабиб Нурмагомедов: "Усман Топуриядан кучлироқ" 0 14:43Йоэль Ромеро қўлқопсиз жангларида дебют қилди 0 14:22Ўн бир нафар дзюдочимиз Осиё чемпионатининг медаллари учун татамига чиқади 0 14:01Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин 0 13:40Иноуэ тарозида Муроджондан оғирроқ тош босди 0

14 apr 11:26
Yangiliklar

Voleybol

Toshkent voleybol bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorlanmoqda

SHu yilning 20-30 iyul kunlari poytaxtimiz voleybol bo'yicha U-16 yosh toifasidagi qita birinchiligiga mezbonlik qiladi.

Mazkur musobaqaga olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari bilan tanishish uchun Osiyo voleybol konfederaciyasi (AVC) musobaqalarni tashkil qilish va nazorat qilish komissiyasi direktori Eom Xo Ju hamda AVC Ijroiya qo'mitasi azosi Ermek Sirlibaev Toshkentga tashrif buyurishdi.

Dastavval mehmonlar O'zbekiston voleybol federaciyasi mutasaddilari bilan oldindagi rejalarni belgilab olishdi. 

Uchrashuvda O'zbekiston voleybol federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Bekmurod Abdullaev, bosh kotib vazifasini bajaruvchi Farhod Alimov va federaciyaning boshqa vakillari qatnashishdi. O'zbekistonlik mutaxassislar davlatimizning qo'llab-quvvatlashi bilan ushbu chempionat yuqori saviyada o'tkazilishi, hozirdanoq barcha kerakli ishlar boshlab yuborilganini malum qilishdi. 

O'z navbatida, mehmonlar ham Toshkentning bu boradagi imkoniyatini yuqori baholashdi.

Bahslar “Yunusobod sport majmuasi” hamda “Universal” sport saroyida o'tishi rejalashtirilgan. AVC vakillari uchrashuvdan so'ng ushbu obektlarni ko'zdan kechirishdi. O'rganish ishlari mobaynida xorijlik mehmonlar terma jamoalar va boshqa rasmiylar uchun ajratilgan mehmonxonalar, mashg'ulot maydonlariga ham tashrif buyurishdi.

Bo'lajak Osiyo chempionatida quyidagi 15 ta davlat ishtirok etadi: O'zbekiston, Qozog'iston, Gonkong, Bahrayn, Hindiston, Tailand, Avstraliya, Saudiya Arabistoni, Eron, Yaponiya, Xitoy, Quvayt, Pokiston, Mo'g'uliston, Xitoy Taipeyi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing