So’nggi yangiliklar

18:44Усик WBO`дан мажбурий ҳимоя муддатини кечиктиришни сўради 0 18:23Дана Уайт: "Жонсдан кўра Конорга кўпроқ ишонаман" 0 18:02Коко Гофф Цинциннати турниридаги юришини давом эттирмоқда 0 17:41Жароҳати сабаб янги мавсум стартини ўтказиб юборадиган футболчилардан иборат рамзий жамоа 0 17:20Дюплантис 13-маротаба жаҳон рекордини янгилади 0 16:59Фундора — Турман жанги санаси ўзгарди 0 16:38Хоккей бўйича ёшлар терма жамоамиз илк хорижий йиғинига жўнаб кетди 0 16:17Роберто Манчини Россия клубида иш бошлаши мумкин 0 15:56"Бу менинг энг кучли рақибим эмас". Дю Плесси — Чимаев билан бўладиган жанг ҳақида гапирди 0 15:35Осиё Паралимпия қўмитасининг VIII Бош ассамблеяси ўз ишини якунлади 0 15:14"Биз мақтаниб юрганимизда, ўзбеклар меҳнат қилди". Қозоғистонлик мураббий ўзбек боксининг муваффақияти ҳақида гапирди 0 14:53Исак "Ньюкасл"га бойкот эълон қилди 0 14:32Дю Плесси: "Мен Хамзатни ушбу комбинация билан нокаутга учратаман" 0 14:11Берреттини US Open`ни ўтказиб юборади 0 13:50Хамзат Чимаев: "Африка энди ҳеч қачон UFC чемпионлик камарини кўрмайди" 0

16 may 07:26
Yangiliklar

Tadbirlar

Toshkentda “Men g'olib” shiori ostida yugurish marafoni o'tkazildi

Teglar :  MarafonMen g'olib
Poytaxtimizdagi “G'alaba bog'i” hududida “Men g'olib” shiori ostida yugurish marafoni bo'lib o'tdi.

Erta tongdan poytaxtimizning Olmazor tumanida joylashgan “G'alaba bog'i” yodgorlik majmuasiga Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo'mitasi, Prezident Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari, Qurolli kuchlar faxriylari hamda turli vazirliklar va tashkilotlardan kelgan mehmonlar va sportga befarq bo'lmagan ko'ngilli fuqarolar jamlandi.

“G'alaba bog'i” hududida “Men g'olib” shiori ostida yugurish marafoniga start berildi. Unda ishtirok etgan marafon qatnashchilari Qoraqamish, Kichik xalqa yo'li, Sag'bon, Oltinsoy, Dilsaroy ko'chalari orqali “G'alaba bog'i”dagi finishga etib kelishdi.

Mazkur marafon fuqarolar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib etish, o'sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularni ertangi kunga bo'lgan ishonchini yana-da mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

“Men g'olib” shiori ostidagi marafonda yurt posbonlari Vatanimiz bayrog'ini baland ko'tarib, belgilangan masofani bosib o'tishdi. Bu esa poytaxt ko'chalariga bayramona kayfiyatni olib kirdi, desak mubolag'a bo'lmaydi.

Harbiy xizmatchilar o'rtasidagi marafonda 1-o'ringa Mudofaa vazirligi sharafini himoya qilgan Markaziy harbiy okrugi harbiy xizmatchisi, leytenant Nuriddin Rahmatov sazovor bo'ldi. 2-o'rin esa Davlat xavfsizlik xizmati vakiliga nasib etgan bo'lsa, 3-o'rinni ham Mudofaa vazirligi jamoasi vakili qo'lga kiritdi.

Jismoniy imkoniyat, kuch va irodaning mustahkamligini sinovdan o'tkazish imkonini bergan marafonda oliy harbiy talim muassasalari kursantlari orasidan ham g'oliblar aniqlandi. Unga ko'ra 3-o'rin Ichki ishlar akademiyasi, 2-o'rin O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti hamda 1-o'rin Qurolli kuchlar akademiyasi sharafini himoya qilgan kursantlarga nasib etdi.

Umumjamoa hisobida 3-o'rinni Prezident Davlat xavfsizlik xizmati jamoasi egalladi. 2-o'rinni Davlat xavfsizlik xizmati vakillari qo'lga kiritishgan bo'lsa, marafonning mutlaq g'olibi sifatida Mudofaa vazirligi jamoasi etirof etildi. 

Marafon so'ngida g'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan medal, kubok hamda estalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing