15 avg 12:05
Yangiliklar
Futbol

Bugun 19-turga start beriladi. "Paxtakor" "So'g'diyona"dan revansh oladimi?
Bugun futbol bo'yicha O'zbekiston Superligasining 19-turiga start beriladi.
Turning ilk bahsi Toshkent shahrida bo'lib o'tadi. Unda "Paxtakor" va "So'g'diyona" o'zaro bahs olib boradi. Uchrashuv "Jar" stadionida soat 19:00 da start oladi. Jamoalarning ilk davradagi uchrashuvida jizzaxliklar raqiblarini 2:0 hisobida mag'lub etishgandi.
Ayni vaqtda "Paxtakor" 30 ochko bilan turnir jadvalida 7-o'rinda ketmoqda. "So'g'diyona" esa 20 ochko bilan 11-o'rindan joy olgan.
“Paxtakor” — “So'g'diyona”
15.08.2025, 19:00
Bosh hakam: Firdavs Norsafarov
Yordamchi hakamlar: Zufar Eliboev, Farhod Usmonov
Zaxira hakami: Aziz Jumanov
Nazoratchi: Bobur Haydarov
VAR: Ibrohim Ismoilov
AVAR: Kristina Sereda
Komissar: SHahzod Xolboev
Havola :
Fikrlar