So’nggi yangiliklar

19:18Тўрабек Хабибуллаев ЖЧ чорак финалига йўл олди, навбатдаги рақиб Қозоғистондан бўлади 0 18:30Жозеф Паркер Фабио Уордли билан жанг қилади, сана ва манзил аниқ 0 18:09Бокс. Шавкатжон Болтаев камбэк амалга ошириб, ЖЧ учинчи босқичига йўл олди 0 17:53ФИФА офсайднинг янги қоидасини тасдиқлади (ФОТО) 0 17:32Алекс Перейра UFC’да вазн тоифасини ўзгартириши мумкинлигини айтди 0 17:10WTA рейтинги. Соболенко пешқадамлигини мустаҳкамлади. Тўрт теннисчимиз юқорилади 0 16:48ЖЧ-2025. Нигина Ўктамованинг ғалабали юриши давом этади: боксчимиз чорак финалга йўл олди 0 16:37Моуринью "Фенербахче"дан ишдан бўшатилишининг асл сабаби маълум 0 16:16Дональд Трамп кузатган, Алькараз навбатдаги чемпионликни қўлга киритган US Open финалидан ажойиб суратлар (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 15:55Рой Жонс Усикни мағлуб эта оладиган боксчи кимлигини айтди 0 15:32Формула-1. Макс Ферстаппен – Италия Гран-приси ғолиби! 0 15:10Жанни Инфантино Олимпия шаҳарчасига ташриф буюрди (ФОТО) 0 14:48Илия Топурия Теренс Кроуфордни нокаут қилишга тайёрлигини айтди 0 14:24ATP рейтингида пешқадам ўзгарди, Жокович кўтарилди. Султонов 71 поғонага пастлади 0 14:03Муроджон Аҳмадалиев Иноуэга қарши жангга тайёргарликнинг сўнгги босқичини ҳам якунлади (ФОТО) 0

27 dek 15:15
Yangiliklar

Futbol

Transfermarkt va Championat.Asia O'zbekistonda 2022 yil yakunlarini sarhisob qildi

Ikki sayt hamkorligida olti nominaciya bo'yicha g'oliblar aniqlab olindi.

Hujumchi Bobir Abdixoliqov yil o'yinchisiga aylandi. U 2022 yilgi mavsum Belarusning "Energetik-BGU" jamoasida 32 ta o'yinda 26 ta gol urdi va 7 ta assist qayd etdi. SHu sabab Bobirning transfer narxi oshdi va endilikda 1 mln evroga baholanmoqda.



Toshkentning "Olimpik" jamoasi ustozi Timur Kapadze yil murabbiyi bo'ldi. Uning qo'l ostida faqatgina yosh o'yinchilardan tashkil topgan jamoa Superligadagi ilk mavsumidayoq oltinchi o'rinni egalladi. "Olimpik" O'zbekiston chempionatida mavsum davomida bir necha bor g'alabaga erishdi va nomdor raqiblardan ochko oldi. Bundan tashqari, yosh mutaxassis Olimpiya termasi bilan U-23 Osiyo Kubogi finalchisiga aylandi.



Abbosbek Fayzullaev eng yaxshi yosh o'yinchi bo'ldi. "Paxtakor"ning 19 yoshli xavbeki 32 ta o'yinda 8 ta to'p kiritdi hamda 2 ta golga assistentlik qildi. Fayzullaev gollaridan birini "Al Taavun"ga qarshi OFK CHempionlar Ligasidagi o'yinda urdi.



Eng yaxshi darvozabon "Navbahor"dan O'tkir Yusupov bo'ldi. U 37 ta o'yinda o'z darvozasidan jami 21 ta to'p olib chiqdi va o'z hisobiga 20 ta "quruq" o'yin yozdirib qo'ydi. Yusupov 2022 yilda O'zbekiston terma jamoasining birinchi raqamli darvozaboniga aylandi, Rossiya, Qozog'iston va Kamerunga qarshi raqiblarga qarshi o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.


SHuningdek, eng yaxshi erkak va ayol futzalchilar ham aniqlandi: bu nominaciyalarda Husniddin Nishonov va Maxliyo Sarikova munosib deb topildi. Nishonov BMB tarkibida mamlakat chempionati va Kubogini yutdi, shuningdek, O'zbekiston terma jamoasiga futzal bo'yicha Osiyo Kubogining bronza medallarini olishga yordam berdi. Uning hisobida O'zbekiston chempionatida 31 ta uchrashuvda 23 ta gol bor. 



Sarikova "Sevinch" jamoasi tarkibida 20 ta o'yinda 18 ta gol urdi va mamlakat chempioniga aylandi.


Yil o'yinchisi – Bobir Abdixoliqov ("Energetik-BGU")

Yil murabbiyi – Timur Kapadze ("Olimpik")

Eng yaxshi yosh o'yinchi – Abbosbek Fayzullaev ("Paxtakor")

Eng yaxshi darvozaboni – O'tkir Yusupov ("Navbahor")

Eng yaxshi erkak futzalchi – Husniddin Nishonov (BMB)

Eng yaxshi ayol futzalchi – Maxliyo Sarikova ("Sevinch")

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing