08 sen 17:10
Yangiliklar

WTA reytingi. Sobolenko peshqadamligini mustahkamladi. To'rt tennischimiz yuqoriladi
Yangilangan reytingda hamon belaruslik Arina Sobolenko katta farq bilan peshqadamlikni davom ettirmoqda. Arina AQSH Ochiq chempionatidagi g'alabasi evaziga o'tgan yilgi chempionlik ochkolarini muvaffaqiyatli himoya qildi. Finalchi Amanda Anisimova esa 7-pog'onadan 4-o'ringa ko'tarilib oldi. Bu amerikalik tennischi uchun faoliyatidagi eng yuqori o'rin hisoblanadi. Jessika Pegula aksincha, 4-o'rindan 7-pog'onaga tushdi. Koko Goff uchinchi o'rinda qoldi.
Yangilangan reytingda 6 tennis malikamiz bo'lib, ularning 4 nafari oz bo'lsa-da ko'tarilishga erishdi. Faqat birinchi raketkamiz Vlada Yakshibarova 67, to'rtinchi raketkamiz Milana Maslenkova 16 pog'onaga pastladi. Ikkinchi raqamli tennischimiz Darya SHubina 12, uchinchi raketkamiz Nigina Abduraimova 9, Sabrina Olimjonova va Diana Yakovleva 2 pog'onaga yuqoriladi.
WTA reytingi. 8 centyabr kungi holat:
1. (1) Arina Sobolenko (Belarus) - 11225 ochko
2. (2) Iga SHvyontek (Polsha) - 7933
3. (3) Koko Goff (AQSH) - 7874
4. (9) Amanda Anisimova (AQSH) - 5159
5. (5) Mirra Andreeva (Rossiya) - 4793
6. (6) Medison Kiz (AQSH) - 4579
7. (4) Jessika Pegula (AQSH) - 4383
8. (8) Jasmin Paolini (Italiya) - 4006
9. (7) CHjen Cinven (Xitoy) - 4003
10. (10) Elena Ribakina (Qozog'iston) - 3833
O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:
963 (896). Vlada Yakshibarova – 21
1208 (1220). Darya SHubina – 9
1259 (1268). Nigina Abduraimova – 8
1316 (1300). Milana Maslenkova – 6
1424 (1426). Sabrina Olimjonova – 4
1448 (1450). Diana Yakovleva – 3
Fikrlar