08 sen 18:09
Yangiliklar
Boks/MMA

Boks. SHavkatjon Boltaev kambek amalga oshirib, JCH uchinchi bosqichiga yo'l oldi
Britaniyada boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatining beshinchi kun bahslari o'tkazilmoqda.
Bugun musobaqa doirasida -70 kg vaznli bokschimiz SHavkatjon Boltaev ikkinchi jangini o'tkazdi. Ushbu jangda bokschimizga Ispaniya vakili Barnad Martinez raqiblik qildi.
To'liq davom etgan jangda bokschimiz 3:0 hisobida g'alabaga erishib, uchinchi bosqichga yo'l oldi. Ikki nafar hakam esa durang qayd etdi.
Qayd etish lozimki, Boltaev 1-raundda imkoniyatni boy bergandi. 2-raundda esa raqibini nokdaun holatiga tushirgan holda, vaziyatni o'z tomoniga og'dira oldi.
Bokschimiz musobaqadagi ilk jangida shveciyalik bokschini mag'lubiyatga uchratgandi.
Bugun shuningdek yana 5 nafar bokschimiz ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar