27 apr 13:05
Yangiliklar
Boks/MMA
Islom Boltaevning keyingi raqibi iroqlik jangchi bo'ladi
Juma oqshomida Toshkent shahri MMA bo'yicha Octagon 86 musobaqasiga mezbonlik qiladi
Musobaqa kardidagi navbatdagi bellashuv elon qilindi.
O'rta vazn toifasida Liga chempionligi uchun sobiq davogar hamyurtimiz Islom Boltaev Octagon 86 musobaqasida Iroq vakili Ali Xusseyn Nidxal bilan jang qiladi.
Boltaev faoliyati davomida 11 ta jang o'tkazib, 7 ta g'alaba va 4 ta mag'lubiyat qayd etgan. Nidxal hisobida esa 13 ta g'alaba va 7 ta mag'lubiyat bor.
Octagon 86 turnirining markaziy jangi o'zbekistonlik Odilxon Kamolov va Tojikiston sharafini himoya qiluvchi Qamariddin "Kamil Karate" Hasanov o'rtasida kechadi.

Havola :
Manba : octagonleague
Fikrlar