So’nggi yangiliklar

17:15Илия Топурия: "Агар Махачев ютса мен билан жанг қилсин. Ютқазса, навбатга турсин" 0 16:38Арман Царукян Порье – Холлоуэй тўқнашуви учун захира жангчиси бўлмоқчи 0 16:16Котрина Кулбите: "Муносиб ўйин кўрсатиб, Осиё кубоги йўлланмасини қўлга киритишни мақсад қилганмиз" 0 15:40"Анкалаевга етарлича ҳурмат кўрсатилмаяпти" - Аспиналл 0 15:17Тошкентдаги Жаҳон чемпионатида кумуш медални қўлга киритган Дулат Бекбауовнинг проф боксдаги илк рақиби ва жанг санаси маълум бўлди 0 14:55Усик — Дюбуа реванши учун "Уэмбли"да трибуналар сони 94 000 тага етказилиши мумкин 0 14:27Гвардиола Грилишнинг кам ўйнаётгани сабабини айтди 0 14:01Махачев: "Навбатдаги даъвогар Царукян бўлиши керак" 0 13:39Шоҳида Аҳмедова Туркияда ўтказилган "Яшар Догу" халқаро турнири совриндори бўлди 0 13:17Отабек Холматов ва Муроджон Аҳмадалиев Қўшма Штатларга учиб кетди (ФОТО) 0 12:53"CAFA Nations Cup" мусобақасида 8 терма жамоа иштирок этади 0 12:30Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Жаҳон кубогида қатнашиш учун Астанага етиб борди, таркибимиз маълум 0 12:09Мураббий нима учун Ислам ва Топурия ўртасида жанг бўлмаганини айтди 0 11:4546 ёшли Мэнни Пакьяо боксдаги мақсадини айтди 0 11:21Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор 0

31 okt 13:47
Yangiliklar

Stol tennisi

Uchtepalik ayollar stol tennisi musobaqasida jam bo'ldi

Teglar :  Stol tennisi
Uchtepalik ayollar stol tennisi musobaqasida jam bo'ldi

Mamlakatimizda aholi, ayniqsa, xotin-qizlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish, jamiyatda sog'lom turmush tarzi tamoyillarini yanada kuchaytirish, o'sib kelayotgan yosh avlodni zararli odatlardan asrash hamda har bir mahalla, talim muassasalari, mehnat tashkilotlarida jismoniy tarbiya va sport faoliyatini to'g'ri tashkil etish borasida bir qator samarali ishlar olib borilmoqda.

O'zbekiston stol tennisi federaciyasi tomonidan Uchtepa tumani 1-sonli Bolalar va o'smirlar sport maktabida ayollar o'rtasida sog'lom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishlari uchun imkoniyat yaratish va bu orqali salomatliklarini yanada yaxshilash maqsadida «Ezozli ayol» shiori ostida stol tennisi bo'yicha musobaqa o'tkazildi.

Mazkur musobaqada 100 nafarga yaqin Uchtepa tumani maktabgacha talim muassasalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ishtirok etdi.

Unda Malika Norbo'taeva, Nodira Qayumova, Norqobilova Saodatlar shohsupaga ko'tarildi.

– Bugun do'stona ruhda o'tgan stol tennis musobaqasida ishtirok etib, ko'nglimiz yozildi. – deydi Malika Norbo'taeva – Bugun barchamiz g'olib bo'ldik. Sababi, oz bo'lsada o'z salomatligimiz uchun sport bilan shug'ullandik. Bizga bunday imkoniyatni yaratib bergan tashkilotchilardan minnatdormiz. Avvallari ham kam bo'lsada, jismoniy tarbiya bilan shug'ullanib turar edim. Bugun shuni tushundimki, jismoniy tarbiya va sport bilan har kuni har qanday sharoitda shug'ullanish kerak ekan.

Tadbir yakunida ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.


O'zbekiston stol tennisi federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing