So’nggi yangiliklar

08:25Almaty Cadets Asian Cups 2025. Иккинчи кун 13 та медаль қўлга киритдик 0 08:04Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" "Ал Ҳилол"ни мағлуб этиб, 1/2 финалга йўл олди + ВИДЕО 0 07:43Илия Топурия: "Махачев уни "ухлатиб" қўйишимни биляпти. Хабиб ҳам буни тушунади" 0 07:22Гусков билан жанг қиладиган Криловнинг мураббийи: "У Богдан Гусков билан жангни бизнинг розилигимизсиз қабул қилди" 0 07:01Таэквондочиларимиз Кореяда ўтказиладиган учта халқаро турнирда иштирок этади 0 19:06Алонсо “Реал“нинг етакчиларидан бирини АПЛ жамоасига сотишга розилик берди 0 18:45Александр Усик ўзининг заиф томонини айтди 0 18:24Рафаэль Надаль: "Жотанинг оиласига ҳамдардман" 0 18:01Жасур Мирзамуҳаммедов жангларга қайтмоқда 0 17:39Расман: Жасур Жалолиддинов — "Сўғдиёна" футболчиси! 0 17:17Боксчи йигитларимиз нима учун Қозоғистондаги Жаҳон кубогига боришмади? Бокс федерацияси бунга муносабат билдирди 0 16:54Темиров: "Пантожанинг кейинги рақиби мен бўламан" 0 16:30Макгрегор 10 йиллик қамоқ ҳақидаги хабарларга жавоб қайтарди 0 16:07Озарбайжон президенти: "Ўзбекистон термасининг ЖЧга чиққани тасодиф эмас" 0 15:45Дастин Порье: "Бу охирги имконият. Чиройли тарзда кетмоқчиман" 0

02 iyu 07:06
Yangiliklar

Boks/MMA, Tokio-2020

Ular Tokioga borishadi: Jahon chempionati kashfiyoti Dilshod Ro'zmetov

O'zbekiston MOQ matbuot xizmati Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olgan sportchilarimiz haqida batafsil malumot beruvchi “Ular Tokioga borishadi” loyihasini davom ettiradi.

Uning bugungi soni boks bo'yicha terma jamoamiz vakili Dilshod Ro'zmetovga ataladi.

Dilshod Yusupbay o'g'li Ro'zmetov 1999 yil 12 mart kuni Xorazmda tug'ilgan. 2010 yildan boks bilan shug'ullanishni boshlagan. Dastlabki murabbiyi Ilhom Sadullaev. Hozirda Farruh Qilichev qo'l ostida mashg'ulotlarni olib boradi.

Asosan chap qo'lda jang qiladigan bokschimiz 2015 yil o'smirlar o'rtasida Osiyo va jahon chempionatlarida kumush medalni qo'lga kiritgan. 2018 yildan kattalar terma jamoasiga jalb qilindi.

Bokschimizning istedodiga ishongan murabbiylar uni 2019 yil Ekaterinburgda kattalar o'rtasida o'tgan jahon chempionatiga olib borishdi. Yosh sportchimiz esa o'ziga bildirilgan ishonchni to'liq oqladi. Kattalar o'rtasida nufuzli musobaqalarda debyut qilishiga qaramay Ro'zmetov finalgacha etib bordi va yakunda kumush medal bilan taqdirlandi. Kecha BAAda o'tgan Osiyo chempionatida esa -81 kg vazn toifasida chempionlikni tantana qildi.

Ro'zmetov Xalqaro Olimpiya qo'mitasining maxsus komissiyasi tomonidan elon qilingan reyting yakuni bo'yicha Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga yo'llanmani qo'lga kiritgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing