04 iyu 18:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Jasur Mirzamuhammedov janglarga qaytmoqda
U Octagon 75 turnirida ishtirok etadi.
Og'ir vaznli hamyurtimizga 6 iyul kuni Toshkent shahridagi "Humo arena" majmuasida o'tkaziladigan MMA musobaqasida rossiyalik Alan Makitov raqib bo'ladi.
ONE Championship sobiq jangchisi bo'lmish Mirzamuhammedov faoliyati davomida hozirgacha 8 ta jang o'tkazib, 6 ta g'alaba, 2 ta mag'lubiyatni qabul qilgan. Makitov hisobida 6 ta g'alaba va 4 ta mag'lubiyat bor.
Octagon 75 markaziy jangi yurtdoshimiz Azamat Nuftillaev va Rossiya vakili Daniyal Elbaev o'rtasida kechadi.
Havola :
Manba : octagonleague
Fikrlar