04 iyu 16:07
Yangiliklar
Futbol

Ozarbayjon prezidenti: "O'zbekiston termasining JCHga chiqqani tasodif emas"
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev O'zbekiston prezidenti SHavkat Mirziyoevni futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasining 2026 yilgi futbol bo'yicha Jahon chempionatiga yo'l olgani bilan muborakbod etdi.
Bu haqda azertag.az xabar berdi.
"Bugun uchrashuvimizni boshlar ekanman, avvalo, muhtaram SHavkat Miromonovichni o'z nomimdan va butun Ozarbayjon xalqi nomidan tarixiy yutuq – futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasining JCH final bosqichiga chiqqani bilan tabrikladim va bu muvaffaqiyat tasodifiy emasligini takidladim. Bu o'zbek sportchilarining xalqaro maydonda namoyish etayotgan shonli sport g'alabalarining, jumladan, Yozgi Olimpiya o'yinlaridagi tarixiy yutuqlarning davomidir", – dedi Aliev.
Avvalroq SHavkat Mirziyoev Ozarbayjon prezidentini mini-futbol bo'yicha Jahon chempionati g'olibligi bilan tabriklagan edi.
Havola :
Manba : azertag.az
Fikrlar