05 iyu 08:25
Yangiliklar

Almaty Cadets Asian Cups 2025. Ikkinchi kun 13 ta medal qo'lga kiritdik
Baluan Sholak arenasi mezbonlik qilgan ushbu musobaqaning ikkinchi kuni o'zbekistonlik dzyudochilar 4 ta oltin, 4 ta kumush, 5 ta bronza, jami 13 ta medalga ega chiqishdi.
O'z vazn toifalarida Zarina Bobonazarova, Daulet Turdiyarov, Kamronbek Qodirov va Alibek Durdiev Almaty Cadets Asian Cups chempioni bo'lishdi va ular sharafiga Qozog'iston zaminida O'zbekiston davlat madhiyasi yangradi.
Ikkinchi kun shohsupaga ko'tarilgan dzyudochilarimiz:
Oltin medallar
+70 kg: Zarina Bobonazarova
-73 kg: Daulet Turdiyarov
-81 kg: Kamronbek Qodirov
+90 kg: Alibek Durdiev
Kumush medallar
-57 kg: Gulsanam Hazratova
-63 kg: Zuhrajon Umarova
-70 kg: Intizor Uzakbaeva
-81 kg: Sadulla Ravshanov
Bronza medallar
-57 kg: Maftuna Ahmedova
-70 kg: Sevinch Rasulova
-81 kg: Inomjon Bahodirov
-81 kg: Mustafo SHermahmatov
-90 kg: Musurmonqul Ahrorov
Fikrlar